Lonneke Slöetjes

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lonneke Slöetjes
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Tavallud paytidagi ismi Slöetjes
Fuqaroligi Niderlandiya fuqarosi
Tavallud sanasi 1990-yil 15-noyabr
Niderlandiya Varsseveld shahri
Faoliyat yillari 2006-yildan buyon
Boʻyi 1.92 m (6 ft 4 in)
Vazni 76 kg (168 lb)
Sport
Qaysi sport Voleybol
Klubi Pallavolo Scandicci (2019-yildan hozirga qadar)
Slöetjes 2014-yilda

Lonneke Slöetjes (1990-yil 15-noyabrda tugʻilgan) — gollandiyalik voleybolchi, u qarama-qarshi hujumchi sifatida oʻynaydi. U, shuningdek, himoyachi pozitsiyasida ham koʻplab yutuqlarga erishgan. Lonneke Slöetjes Niderlandiya ayollar terma jamoasi aʼzosi[1]. Lonneke Slöetjes 2015-yildan boshlab VakifBank Istanbul jamoasi uchun oʻynaydi.

Oʻyindagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lonneke Slöetjes dastlab VC Varsseveldda oʻynay boshladi. 2015-yilda u Ozarbayjonning Boku shahrida boʻlib oʻtgan 2015-yilgi Yevropa oʻyinlarida Niderlandiya milliy terma jamoasi bilan oʻynagan. 2016-yilgi Olimpiya oʻyinlari davomida Slöetjes Niderlandiyaga birinchilardan boʻlib yarim finalga chiqishga yordam berdi. Ushbu Olimpiyada oʻyinlarida Niderlandiya ayollar terma jamoasi toʻrtinchi oʻrinni egalladi va Lonneke Slöetjes esa turnirning eng yaxshi qarama-qarshi oʻyinchisi sifatida tanlandi[2]. Lonneke Slöetjes 2016-yilgi FIVB Jahon Gran-prisida eng yaxshi qarama-qarshi hujumchi mukofotini qoʻlga kiritdi[3].

U 2017-2018-yilgi mavsumda 1-oʻrinni egallab, MVP (eng yaxshi oʻyinchi) sovrinini qoʻlga kiritishiga hissa qoʻshgan boʻlsa-da, uning jamoasi finalda GS Caltexga magʻlub boʻldi. Lonneke Slöetjes mavsumni 47,59 % lik samaradorlik bilan yakunladi va ketma-ket uch mavsum davomida liganing eng yaxshi hujumchisiga aylandi. Koʻp oʻtmay, u yana tizzasidan jarrohlik amaliyotini oʻtkazdi va bu uni Pekin Olimpiyadasi saralashini oʻtkazib yuborishga sabab boʻldi. Natijada Niderlandiya terma jamoasi saralashdan chiqa olmadi.

Slöetjes 2016 va 2017-yilgi mavsumda CEV Ayollar Chempionlar Ligasi oltin medalini VakıfBank Istanbul jamoasi safida qoʻlga kiritdi. Uning jamoasi Italiyaning Imoco Volley Conegliano jamoasini 3:0[4] hisobida magʻlub etdi va u shuningdek, eng yaxshi qarama-qarshi hujumchi sovrini bilan taqdirlandi[5].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Individual[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2015-yil Montreux voleyboni ustalari "Eng yaxshi qarama-qarshi hujumchisi
  • 2015-yilgi Evropa chempionati "Eng yaxshi qarama-qarshi hujumchisi
  • 2016-yilgi Evropa Olimpiya saralash turniri "Eng yaxshi qarama-qarshi hujumchisi
  • 2015-2016 Turkiya ayollar voleybol ligasi „Eng yaxshi qarama-qarshi oʻyinchi“
  • 2016-yilgi Jahon olimpiya saralash turniri "Eng yaxshi qarama-qarshi hujumchisi
  • 2016 FIVB Jahon Gran-prisi "Eng yaxshi qarama-qarshi hujumchisi
  • 2016-yilgi Olimpiya oʻyinlari "Eng yaxshi qarama-qarshi hujumchisi
  • 2016-2017 CEV Chempionlar Ligasi "Eng yaxshi qarama-qarshi hujumchisi
  • 2017-yilgi Evropa chempionati "Eng yaxshi qarama-qarshi hujumchisi

Klublar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2015-2016 CEV Chempionlar Ligasi - Ikkinchi oʻrin, Vakıfbank bilan
  • 2016-2017 CEV Chempionlar Ligasi - Chempion, VakıfBank bilan
  • 2017-2018 CEV Chempionlar Ligasi - Chempion, VakıfBank bilan
  • 2015-2016 Turkiya ligasi - Chempion, VakıfBank bilan
  • 2017-2018 Turkiya ligasi - Chempion, VakıfBank bilan
  • 2018-2019 Turkiya ligasi - Chempion, VakıfBank bilan
  • Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati-2016 - Bronza medali, VakıfBank bilan
  • Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati-2017 - Chempion, VakıfBank bilan
  • Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati-2018 - Chempion, VakıfBank bilan
  • 2017-yil Turkiya Superkubogi - Chempion, VakıfBank bilan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]