Kontent qismiga oʻtish

Lola Ahmedova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lola Ahmedova
Tavalludi 2-iyul 1983-yil
Fuqaroligi O'zbekiston fuqarosi
Taʼlimi O'zbekiston davlat konservatoriyasi
Otasi Ahmedov Baxtiyor
Onasi Ahmedova Dilbar

Lola Ahmedova (1983-yil 2-iyul, Surxondaryo) – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, aktrisa, qo'shiqchi[1][2].

Lola Ahmedova 1983-yil 2-iyulda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida sanʼatkorlar oilasida tavallud topgan. Otasi Ahmedov Baxtiyor Gapparovich rassom, onasi Ahmedova Dilbar Amanqulovna jurnalist hisoblanadi. Lola Ahmedova bolaligidan musiqaga mehr qoʻygan. U maktab tadbirlarida qatnashishni va sahnada qoʻshiq aytishni yoqtirardi[3].

Lola oilasi bilan Toshkentga koʻchib kelganida ilk bor „Birgalikda kuylaymiz“ televizion tanlovida qatnashgan va final bosqichida ishtirok etgan.

1997-yilda Toshkent madaniyat kollejiga oʻqishga kirgan. Lola birinchi musiqiy taʼlimni shu texnikumda olgan. Uning birinchi ustozi Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Gulshod Otaboeva „lapar“ sirlarini oʻrgatgan.

2001-yilda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiga oʻqishga kirgan. Lolaning ijodiy yoʻnalishi paydo boʻla boshlagan.

2003-yilda „Aziz on yurt navolari“ tanlovida 3-oʻrinni egallab, „Buni hayot deydilar“ qoʻshigʻi gʻolibi boʻldi. „Vatan himoyachilari kuni“, „Navroʻz“, „Mustaqillik“ kabi turli ommaviy tadbirlarda muntazam qatnasha boshlagan.

Lola Ahmedova Maktab tadbirlarida qoʻshiq kuylab yurgan Lola maktabni bitirib madaniyat kollejini, soʻng Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasini tamomlagan. 100 dan ortiq qoʻshiqlarni ijro etgan Lola 4 ta albomini ham oʻz muhlislariga havola eta oldi, bular „Yolgʻizginam“, „Devona“, „Begim“, „Biznikidir dunyolar“kabilardir. 2004-yilda boʻlib oʻtgan „Aziz ona yurtim navolari“ koʻrik tanlovida birinchi oʻrinni egallagan. 2006-yil esa „Nihol“ mukofoti sovrindori boʻlgan. Lola 2010-yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovor boʻlgan. Qoʻshiq kuylash bilangina cheklanib qolmagan, Lola 2004-yil rejissyor Axad Farmonovning „Muhabbatimsan“ filmida bosh rolni, Raʼno obrazini ijro etgan.

  • 2004-yil – „Nixol“ davlat mukofotlari.
  • 2010-yil – „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni.
  1. „Lola Ahmedova“. bazm.uz. bazm.uz. Qaraldi: 20-iyul 2024-yil.
  2. „“Shahlo meni bloklab qo‘ygan”. Lola Ahmedova xonanda singlisini Instagram’da kuzatmasligi va sevib turmush qurganidan afsuslanishi haqida“. daryo.uz. Daryouz. Qaraldi: 20-iyul 2024-yil.
  3. „LOLA AHMEDOVA“. muz.uz. muz.uz. Qaraldi: 20-iyul 2024-yil.