Little Women (teleserial)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Little Women
Turi Drama
Muallif(lar) Chon So Geon
Rollarda Kim Go-eun
Nam Ji-hyun
Park Ji-hu
Wi Ha-joon
Mamlakat Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi
Qismlar soni 12
Qism davomiyligi 70 daq.
Efirga uzatilishi
Telekanal TVN

Little Women (koreyscha: 작은 아씨들, Jag-eun Asideul, tarjimasi: Kichkina Ayollar) — Janubiy Koreya teleseriali, rejissyori Kim Hee-won boʻlib, bosh rollarda Kim Go-eun, Nam Ji-hyun, Park Ji-hu va Wi Ha-joon suratga tushgan. Louisa May Alcottning 1868-yildagi xuddi shu nomli romaniga asoslangan serial Dragon studiyasi tomonidan tvN[1] telekanali uchun ishlab chiqarilgan. Serialning premyerasi 2022-yil 3-sentabrda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan va har shanba va yakshanba kunlari soat 21:10 da (KST) efirga uzatiladi[2]. Shuningdek, serial tanlangan hududlarda Netflix platformasi orqali translatsiya qilinadi[3].

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serial bir-biri bilan inoq boʻlgan uchta kambagʻal opa-singillar va ular Koreyaning eng badavlat oilasiga jasorat bilan qarshilik koʻrsatishi haqida[4].

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bosh rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kim Go-eun - O In Ju[5]

Toʻngʻich farzand. Qiz juda qashshoq muhitda oʻsadi. In-ju bolaligidanoq pul unga va oilasiga yordam beradigan eng muhim narsa ekanligini tushunadi. Uning orzusi - boshqa odamlar kabi oddiy hayot kechirish boʻladi. In-ju hayotini butunlay oʻzgartirib yuborishi mumkin boʻlgan ishga aralashadi.

  • Park So-yee - O In-ju bolaligi
  • Nam Ji Hyun - O In-gyong[6]

Oʻrtancha farzand. In-kyung yangiliklar stantsiyasida muxbir boʻlib ishlaydi. U doim toʻgʻri yoʻldan yurayotganiga ishonadi. In-kyung ham boy boʻlmaydi, lekin uning hayotini pul boshqarmaydi. U jurnalist sifatida birinchi ishini jinoyat izlashdan boshlaydi.

  • Park Ji-hu - O In-hyo[7]

Nufuzli sanʼat maktabida oʻqiydigan kenja farzand. U oʻzining rasm chizish qobiliyati tufayli maktabga kiradi. In-hyo baʼzida opalarining unga boʻlgan muhabbati uning baxt yoʻliga toʻsqinlik qilayotganini his qiladi.

  • Wi Ha-joon - Chxve Do-il[8]

Nufuzli universitetni tamomlagan Do-il O In-ju bilan uchrashishni boshlaydi.

Kichik rollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Um Ji-won - Von Sang-a[9]

Generalning qizi, siyosatchining rafiqasi va Sanʼat muzeyi direktori. Hyerin (Sananing qizi) O In-hyo bilan doʻstlashadi.

  • Um Gi-joon - Park Chae-sang[10]

Intiluvchan siyosatchi.

  • Gong Min-jung - Choi Ma-ri[11]

YBC axborot agentligi muxbiri.

  • Kang Hun - Ha Jung-ho[12]

O In Kyungning bolalikdagi doʻsti.

  • Jung Chae-eun - Park Hyo-rin

Park Chae Sang va Von Sang Euning qizi.

  • Kim Mi-suk - O Hae-suk

Opa-singillarning holasi.

  • Park Ji-young - An Hee-young[13]

Opa-singillarning onasi

Taklif qilingan aktyor/aktrisalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Choo Ja-hyun - Jin Hwa-young[14]

In-juning sirli dugonasi.

  • Oh Jong-se - Bosh direktor Shin[15]

Hwa Youngning oʻlimi bilan aloqadorlikda gumon qilingan direktor.

  • Song Joong-ki - Park Joo-hyun[16]

Hashamatli poyabzal doʻkonining xodimi.

  • Li Min-woo - Von Sang-woo[17]

Von Ki-sungning oʻgʻli va Von-sangning akasi.

Ishlab chiqaruvchi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 25-noyabr kuni ssenariy muallifi Chjon So-kyung Tatler Asia jurnaliga bergan intervyusida shunday dedi: “Men rejissyor Vincenzo bilan Little Women filmining koreys tiliga moslashuvi ustida ishlayapman. Ayollar bosh rolini Kim Go Eun va Nam Ji yun, erkak rolni esa Squid Game filmidagi Wi Xa Jun ijro etadi. Little Women kitobini kichikligimda oʻqiganimda menga juda yoqqan”[18].

2021-yil 23-dekabrda serial Little Women[19] deb nomlanishi tasdiqlandi. 2021-yil 19-oktabrda MS Team Entertainment kompaniyasi Wi Ha-junga teleserialda rol taklif qilinganini eʼlon qildi[20]. Oʻsha kuni serial kastingni yakunlagani maʼlum boʻldi[21].

Suratga olish ishlari 2022-yilning iyunidan iyuligacha Singapurning turli joylarida boʻlib oʻtgan[22][23].

Reytinglar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Serial raqami Chiqarilgan sana AGB Nielsen (maʼlumotlar hisoblash kompaniyasi)
Milliy Seul
1
2022-yil 3-sentyabr
6,395%
6,931%
2
2022-yil 4-sentyabr
7,747%
8,519%
3
2022-yil 10-sentyabr
5,587%
6,110%
4
2022-yil 11-sentyabr
7.256%
8,315%
5
2022-yil 17-sentyabr
7,038%
8,072%
6
2022-yil 18-sentyabr
8,338%
8,898%
7
2022-yil 24-sentyabr
6,014%
7,033%
8
2022-yil 25-sentyabr
8.676%
9.710%
9
2022-yil 1-oktyabr
7.346%
8.935%
10
2022-yil 2-oktyabr
9.701%
11.278%
11
2022-yil 8-oktyabr
7.707%
8.931%
12
2022-yil 9-oktyabr
11.105%
11.968%

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2022년 tvN 신작 드라마 라인업 공개“ (koreyscha). CJ News (20-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2022-yil.
  2. Kim Ga-young. „'작은 아씨들' 김고은X남지현X박지후 세 자매 포스터 공개“ (koreyscha). E Daily (2-avgust 2022-yil). Qaraldi: 2-avgust 2022-yil.
  3. Robinson, Jacob „Korean Series Adaptation of 'Little Women' is Coming to Netflix in August 2022“. What's on Netflix (25-may 2022-yil). Qaraldi: 6-iyun 2022-yil.
  4. „Little Women - (Korean Drama, 2022, 작은 아씨들)“. HanCinema. Qaraldi: 23-dekabr 2021-yil.
  5. Kim Jin-seok. „[단독김고은, '유미' 흥행 잇는다… '작은 아씨들' 주인공“] (koreyscha). JTBC (24-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2021-yil.
  6. Jeon Jae-kyung. „김고은·남지현·박지후, 세 자매 된다…'작은 아씨들' 출연“ (koreyscha). Newsis. Naver (23-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2021-yil.
  7. Kang Da-yoon. „김고은X남지현X박지후, '작은 아씨들' 캐스팅 확정 [공식“] (koreyscha). My Daily (23-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2021-yil.
  8. Moon Ji-yeon. „[공식 위하준, '작은 아씨들' 합류 확정..김고은과 호흡“] (koreyscha). Sports Chosun (27-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 27-yanvar 2022-yil.
  9. Park Soo-in. „엄지원 ʻ작은 아씨들’ 출연 확정, 김고은 남지현 박지후와 호흡“ (koreyscha). Newsen (10-fevral 2022-yil). Qaraldi: 10-fevral 2022-yil.
  10. Park So-young. „엄기준, '펜트하우스' 이어 tvN '작은아씨들' 확정..김고은 만난다 [공식“] (koreyscha). OSEN (29-aprel 2022-yil). Qaraldi: 29-aprel 2022-yil.
  11. Park Ah-reum. „공민정 ʻ천원짜리 변호사→작은 아씨들’ 합류 열일 행보[공식“] (koreyscha). Newsen (21-iyul 2022-yil). Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.
  12. Jang Jin-ri. „[단독'옷소매' 강훈, 차기작은 '작은 아씨들'…남지현과 호흡“] (koreyscha). SPOTV News (16-fevral 2022-yil). Qaraldi: 16-fevral 2022-yil.
  13. Yoo Kyung-sang. „첫방 ʻ작은 아씨들’ 母박지영, 막내딸 수학여행비 훔쳐 가출“ (koreyscha). Newsen (3-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 4-sentabr 2022-yil.
  14. Yoo Kyung-sang. „작은 아씨들’ 첫방부터 추자현 성형수술+죽음+7백억 증발 ʻ강렬’ [어제TV“] (koreyscha). Newsen (3-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 4-sentabr 2022-yil.
  15. Moon Ji-yeon. „작은아씨들' 김고은, 위하준·오정세와 팽팽 신경전..달라진 눈빛“ (koreyscha). Sports Chosun (4-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 4-sentabr 2022-yil.
  16. Yoo Kyung-sang. „ʻ작은 아씨들’ 송중기, 명품 구두매장 직원으로 특별출연“ (koreyscha). Newsen (4-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 4-sentabr 2022-yil.
  17. Cha Hye-rin. „협상하자" 위하준, 20억+비자금 장부 가진 김고은에 동업 제안 (작은아씨들)“ (koreyscha). iMBC (10-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 10-sentabr 2022-yil.
  18. Soriano, Jianne. „South Korean Screenwriter Chung Seo-Kyung Talks Park Chan-Wook, Hong Kong and What’s Next“. Tatler Asia. Tatler Asia Limited (Edipresse) (25-noyabr 2021-yil). — „Right now I’m working on a new TV drama, the Korean adaptation of Little Women.“. Qaraldi: 28-dekabr 2021-yil.
  19. Kim Kyung-hee. „'작은 아씨들' 김고은X남지현X박지후, 유력 가문에 맞서는 세 자매의 이야기에 캐스팅“ (koreyscha). iMBC. Naver (23-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2021-yil.
  20. Seo Ji-hyun Seo. „위하준 측 "새 드라마 '작은 아씨들' 제안 받아"…'오징어 게임' 인기 이을까(공식)“ (koreyscha). Newsen. Naver (19-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2021-yil.
  21. Moon Ji-yeon. „[단독 '오징어 게임' 글로벌 스타 위하준, '작은아씨들' 주인공“] (koreyscha). Sports Chosun (19-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2021-yil.
  22. „Squid Game's Wi Ha-jun in Singapore to film K-drama“ (inglizcha). AsiaOne (29-iyun 2022-yil). Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
  23. „K-drama stars Kim Go-eun and Wi Ha-joon spotted in Singapore to film new series“ (inglizcha). CNA Lifestyle (1-iyul 2022-yil). Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]