Linolen kislota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Linolen kislota — uch qoʻsh bogʻli bir asosli karbon kislota, CH3(CH2CH=CH)3(CH2)7COOH. Molar massasi 278,4. Suyuqlanish temperaturasi — 11,3°, qaynash temperaturasi 184°, zichligi 916 kg/m3 (20° da). Linolen kislota almashtirib boʻlmaydigan yogʻ kislotalariga mansub. Linolen kislota triglitserid holida koʻpgina oʻsimlik moylarida, mas, zigʻir (30 % gacha), perilla (55 % gacha) va soya moyida boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil