Lina Hurtig

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lina Hurtig
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lina Mona Andréa Hurtig[1]
Tavallud sanasi 5-sentyabr 1995-yil (1995-09-05) (28 yosh)
Tavallud joyi Avesta, ShvetsiyaShvetsiya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
ItaliyaJuventus
Raqami 17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
ShvetsiyaAvesta AIK
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011 ShvetsiyaGustafs GoIF 20 (14)
2012—2016 ShvetsiyaUmeå IK 88 (24)
2017—2020 ShvetsiyaLinkopings 54 (17)
2020– ItaliyaJuventus 34 (11)
Milliy terma jamoa
2011—2012 Shvetsiya U17 6 (2)
2012—2014 Shvetsiya U19 23 (7)
2014– ShvetsiyaShvetsiya 54 (18)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(18-iyun 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (12-aprel 2022-yil uchun)

Lina Mona Andréa Hurtig (1995-yil 5-sentyabrda tugʻilgan) — shved futbolchisi, A Seriyaning Juventus klubi va Shvetsiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi[2].

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

15 yoshga toʻlganidan soʻng, Avestadan boʻlgan Hurtig 2011-yilgi mavsumni Norrettanda Gustafs GoIF jamoasida futbol oʻynab oʻtkazdi[3]. U 20 ta oʻyinda 14 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi[4]. Musobaqa oxirida unga Damallsvenskan klublari LdB FC Malmö va Umeå IK dan takliflar boʻldi. U qisqa mashgʻulotdan soʻng i Umeå IK safiga borib qoʻshildi.[5]

2016-yilgi mavsumdan soʻng Umea quyi ligaga tushib ketdi soʻng, Hurtig ikki yillik shartnoma asosida liga chempioni Linköpings klubiga oʻtdi[6].

2020-yil 31-avgustda Hurtig Juventusga oʻtdi[7].

Xalqaro karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

19 yoshgacha boʻlgan Shvetsiya terma jamoasi safida Hurtig 2012-yilgi U-19 Yevropa chempionatida ishtirok etgan. U gʻalaba qozongan Shvetsiya jamoasining finalda Ispaniyaga qarshi qoʻshimcha taymda 1:0 hisobidagi gʻalabali oʻyinini boshlab bergan.

2012-yil dekabr oyida milliy terma jamoa bosh murabbiyi Pia Sundxage Hurtigni Bosondagi yigʻinga chaqirdi[8]. Hurtig 2013-yil 19-iyun kuni Braziliya bilan oʻrtoqlik oʻyinida 1:1 hisobida durang oʻynagan kattalar tarkibiga ham kiritilgan[9] U mezbonlarning UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 uchun yakuniy tarkibidan joy olishga umid qilgan, ammo chaqiruv olmagan.

Hurtigni 2013-yil may oyida Norvegiyaga qarshi turnirdan oldingi soʻnggi oʻrtoqlik oʻyinida maydondagi harakatidan soʻng, Sundxage uni jahon darajasidagi potentsial futbolchi sifatida ta’rifladi[10].

Hurtig 2014-yil noyabrida Kanada bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda zaxiradan maydoga tushdu bu uning birinchi marta katta jamoa bilan maydonga tushishi edi[11].

Hurtig 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun Fransiyaga borgan Shvetsiya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan. U turnirdagi ilk golini Tailandga qarshi oʻyinda (5:1) kiritdi[12]. 2021-yil iyul oyida u 2020-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun Shvetsiya terma jamoasiga tanlab olindi[13]. 21-iyul kuni Shvetsiya terma jamoasi AQSH ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi[14].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 16-avgustda Lina Hurtig Linköpings FCdagi jamoadoshi Liza Lants bilan oila qurganini eʼlon qildi[15]. 2021-yil 11-iyun kuni Hurtigning qizi dunyoga keldi[16].

Karyera statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lina_Hurtig,_Malin_Diaz,_Amanda_Ilestedt

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lina Xurtig tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Raq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2015-yil 22-sentyabr Gamla Ullevi, Gothenburg, Shvetsiya Polsha 1–0 3–0 UEFA Yevro-2017 saralashi
2 2017-yil 19-sentyabr Stadion Varteks, Varaždin, Xorvatiya  Xorvatiya 2–0 2019 FIFA Jahon chempionati saralashi
3 2017-yil 24-oktyabr Borås Arena, Borås, Shvetsiya Vengriya 5–0
4 2019-yil 16-iyun Allianz Riviera, Nitsa, Fransiya  Tailand 4–0 5–1 2019 FIFA Jahon chempionati
5 2019-yil 8-oktyabr Gamla Ullevi, Gothenburg, Shvetsiya Slovakiya 2–0 7–0 UEFA Yevro-2022 saralashi
7 2020-yil 17-sentyabr Vengriya 1–0 8–0
8 5–0
9 22-oktyabr 2020-yil  Latviya 1–0 7–0
10 2021-yil 19-fevral Hibernians stadioni, Paola, Malta Avstriya 3–1 6–1 Oʻrtoqlik
12 2021-yil 13-aprel Stadion Miejski Vidzewa, Lodz, Polsha Polsha 4–2
13 2021-yil 21-iyul Ajinomoto stadioni, Chofu, Yaponiya  AQSH 3–0 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari
14 2021-yil 24-iyul Saitama stadioni 2002, Saitama, Yaponiya Avstraliya 2–2 4–2
15 2021-yil 25-noyabr Gamla Ullevi, Gothenburg, Shvetsiya Finlandiya 2–1 2023 FIFA Jahon chempionati saralashi
16 2021-yil 30-noyabr Stadion, Malmö, Shvetsiya Slovakiya 1–0 3–0

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

ShvetsiyaLinköpings FK[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Damalsvenskan : 2017-yil

ItaliyaJuventus[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • A Seriya : 2020–21, 2021–22
  • Italiya kubogi : 2021-22
  • Italiya Superkubogi : 2020–21, 2021–22

Shvetsiya Shvetsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati : 2012-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „FIFA Women's World Cup France 2019™ List of Players - Sweden“. FIFA (27-may 2019-yil). 6-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-may 2019-yil.
  2. „Football HURTIG Lina - Tokyo 2020 Olympics“ (en-us). olympics.com. Qaraldi: 1-oktabr 2021-yil.
  3. Rehnström. „Lina Hurtig från Avesta redo för landslagsläger“ (shvedcha). Sveriges Radio (4-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2013-yil.
  4. Christianson. „Lina Hurtig skrev på för tre år i Umeå“ (shvedcha). Damfotboll.com (29-dekabr 2011-yil). 15-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktabr 2013-yil.
  5. Ahlén. „Lina Hurtig tränade med Umeå“ (shvedcha). Avesta Tidning (22-dekabr 2011-yil). 2013-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktabr 2013-yil.
  6. „Linköping värvar superlöftet Lina Hurtig“ (shvedcha). Expressen (8-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 18-dekabr 2016-yil.
  7. „Lina Hurtig is Bianconera!“. Juventus.com (31-avgust 2020-yil).
  8. „Sundhage tar med 17-åring på lägret“ (shvedcha). Expressen (17-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2013-yil.
  9. Broman. „Lina Hurtig i Sundhages trupp“ (shvedcha). Dalarnas Tidningar (5-iyun 2013-yil). 2013-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktabr 2013-yil.
  10. „Lina Hurtig fick ingen plats“ (shvedcha). Avesta Tidning (15-may 2013-yil). 2014-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktabr 2013-yil.
  11. „Oavgjort för Sverige när Hurtig debuterade“ (shvedcha). Västerbottens-Kuriren (27-noyabr 2014-yil). 11-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-dekabr 2014-yil.
  12. Sport, Telegraph. „Sweden book place in last 16 of World Cup as Thailand endure another rout“. Telegraph (16-iyun 2019-yil). Qaraldi: 16-iyun 2019-yil.
  13. „La Juventus: "In bocca a lupo a Lina Hurtig che parteciperà alle Olimpiadi"“ (italyancha). Tutto Juve. Qaraldi: 20-iyul 2021-yil.
  14. „Sweden stuns U.S. women's soccer team with 3-0 thrashing in Tokyo opener“ (inglizcha). CNBC (21-iyul 2021-yil). Qaraldi: 21-iyul 2021-yil.
  15. „Lina Hurtig on Instagram: "2019•08•04 🌹💍 I love you ♾"“. Instagram. 2022-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2022-yil.
  16. „Juventus Women, è nata la figlia di Lina Hurtig e Lisa Lantz“ (italyancha). la Repubblica (11-iyun 2021-yil). Qaraldi: 19-iyul 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]