Ligaza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ligaza (lot. ligāre — tikish, qoʻshish) ikki molekula qoʻshilib, yangi kimyoviy bogʻ hosil boʻlishini katalizlovchi fermentdir. Bunda odatda molekulalarning biridan kichik kimyoviy guruh ajraladi (gidroliz sodir boʻladi). Molekular biologiyada 6.5 kenja sinfi ligazalari RNK- va DNK-ligazalarga tasniflanadi.