Liditse

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Lidice

Liditse (chex. Lidice, nem. Liditz) — Kladno shahri (Chexiya)ning jan.-sharqida joylashgan shaxtyorlarning tarixiy shaharchasi. Ikkinchi jahon urushi davrida nemis fashist bosqinchilari L. aholisini Chexoslovakiya protektori (homiysi) R. Geydrixga suiqasd uyushtirgan chexoslovak vatanparvarlarini yashirganlikda ayblab, 1942 yil 10 iyunda L.ga oʻt qoʻyib, uni yer bilan yakson qilganlar. 15 yoshdan oshgan barcha erkaklar otilgan, bolalar va ayollar konslagerlarga joʻnatilgan. L. nomi Chexoslovakiyaning aholi punktlari roʻyxatidan oʻchirib tashlangan. Chexoslovakiya bosqinchilardan ozod etilgach (1945), L. oʻrnida muzey tashkil etilgan, unga yaqin joyda yangi L. shaharchasi qurilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil