Lepidomelan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lepidomelan (yun. lepis — tangacha va rnelas — kora) — slyudalar guruhiga mansub mineral. Biotitning temirga boy turi. Kimyoviy formulasi taxminan K(Fe, Mg)3[AlSi3Ol0] (OH)2. Monoklin singoniyali, kristallari varaqasimon va yupqa plastinkachalarga oson ajra-ladi. Rangi qora, qattiqligi 3. Zichligi 3000–3200 kg/m³, moʻrt. Tarkibida magniy kam, temir koʻp boʻlgan magmatik togʻ jinslarida biotit bilan baʼzan ishqorli granit va nefelinli siyenit larda egirin va ishqorli rogovaya obmanka bilan birga uchraydi. L.ning yirik kristallari Kanada, AQSH (Alyaska), RF (Kola ya. o., Jan. Ural)da topilgan. Oʻzbekistonda L. Quljuqtovda bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil