Leopold Auenbrugger

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Leopold Auenbrugger
Tavalludi 19-noyabr 1722 va 22-noyabr 1722
Vafoti 17-may 1809, 18-may 1809 va 1809
Fuqaroligi Avstriya

Josef Leopold Auenbrugger yoki Avenbrugger[1] (19-noyabr 1722-yil — 17-may 1809-yil)[2] avstriyalik mashhur vrach. Amaliy tibbiyotga „dukkilatib urib koʻrish“, yaʼni perkussiyani joriy etgan olim.

1752-yilda Vena universitetining tibbiyot fakultetini bitirib, butun umrini shu yerda oʻtkazadi. 1751-1768-yillar mobaynida Venadagi ispan gospitalida ham vrachlik faoliyatini birga olib boradi.

Leopold Auenbrugger vino savdogari oilasida tugʻulgan. Yoshligida savdogarlarning bochkalarni urib koʻrishlarini koʻp kuzatgan. Shu yoʻl bilan bochkada qancha vino qolganini aniqlashgan. Urib koʻrish unga plevral boʻshliqlarda suyuqlik bor yoki yoʻqligini aniqlashda qoʻl kelgan. Chunki odatda buni faqat murdani yorib koʻrish orqali aniqlashgan va tirik odamda plevritlarni aniqlash imkoni boʻlmagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Baynes, T. S., ed (1878). "Avenbrugger, Leopold". Encyclopædia Britannica. 3 (9- nashri). New York: Charles Scribner's Sons. p. 145. 
  2. Herbermann, Charles, ed (1913). "Leopold Auenbrugger". Catholic Encyclopedia. New York: Robert Appleton Company. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]