Kontent qismiga oʻtish

Lenur Temirov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lenur Temirov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Ukraina bayrogʻi Ukraina
Tavallud sanasi 1990-yil 1-yanvar
Olmaliq shahri, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 1,67
Vazni 69 kg
Sport
Mamlakat Ukraina Ukraina (2007-2014, 2018-yildan – hozirgacha)
Rossiya Rossiya (2014-2017)
Klubi Dinamo (Simferopol[1])
Murabbiy(lar)i Ismet Saliev[1]

Lenur Serverovich Temirov (ukraincha: Ленур Серверович Теміров, 1990-yil 1-yanvar, Olmaliq shahri, Oʻzbekiston SSR) – klassik uslubdagi Ukraina va Rossiya kurashchisi. 2012-yil Londonda va 2020-yil Tokioda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarining ishtirokchisi. 2018-yilgi Jahon chempionatining va 2019-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori. Ukraina chempionatlarining koʻp marotaba gʻolibi va sovrindori. Ukraina xalqaro toifadagi sport ustasi. Kelib chiqishi boʻyicha – qrim tatar[1].

Lenur Temirov 2010-yildagi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining[2] va 2018-yildagi Jahon chempionati bronza medali sohibi boʻlgan[3]. U Simferopolning hozirgi qarorgohida joylashgan „Dinamo“ jamoasining kurash boʻyicha jamoasi aʼzosi boʻlib, unga Ismet Saliyev ustozlik qilgan.

Temirov 2012-yili Londonda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida Ukraina nomidan qatnashib, u yerda erkaklar oʻrtasida 60 kg vazn toifasida ishtirok etgan. Biroq, saralash bosqichida qozogʻistonlik Almat Kebispayevga yutqazib qoʻyadi. Kebispayev ketma-ket ikki davrada sakkiz ochko jamgʻarib, Temirovni bitta ochkosiz qoldirgan[4].

2014-yilda Qrim Rossiya Federatsiyasiga qoʻshib olinganidan keyin, uzoq vaqt davomida kelajakda qaysi davlat vakili boʻlishini tanlay olmagan. 2014-yil 22—23-may kunlari Zaporojye shahrida yunon-rum kurashi boʻyicha Ukraina chempionatida qatnashib, 66 kilogrammgacha[5] vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Uch haftadan soʻng, Rossiya chempionatida debyut qilib, finalda Asker Orshokdugovga yutqazadi[6].

Qrim Rossiya Federatsiyasi tomonidan anneksiya qilinganidan keyin Temirov Rossiya milliy musobaqalarida qatnashib, Rossiya terma jamoasiga chaqiriladi[7]. 2015-yilda Qrim rahbari Sergey Aksyonov sovrinlari uchun kurash boʻyicha Butunrossiya turnirida gʻolib boʻlgan. 2017-yili Rossiya milliy chempionatida 5-oʻrinni egallagan[7].

Keyinchalik, u faqat Rossiyaga vakillik qila boshlaydi. 2016-yilgi kurash boʻyicha Rossiya chempionatida qatnashgan[8]. 2017-yilda Rossiya chempionatida 5-oʻrinni egallab, terma jamoaga chaqirilgan[9]. Soʻng, yana Ukrainaning vakili boʻlishga qaror qiladi. 2018-yilda Budapeshtda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Ukraina terma jamoasi tarkibida 63 kilogrammgacha vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritadi.

2019-yil aprel oyida Buxarestda 60 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. 2020-yil fevral oyida Italiya poytaxtida boʻlib oʻtgan qitʼa chempionatida 63 kilogrammgacha vazn toifasida qatnashgan. Unda Lenur bronza medali uchun boʻlgan kurashda norvegiyalik sportchi Stig Andre Bergeni magʻlub etib, Yevropa chempionatidagi navbatdagi bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Lenur Temirov V. I. Vernadskiy nomidagi Taurida milliy universitetini tamomlagan.

  1. 1,0 1,1 1,2 „Lenur Temirov“. London 2012. 2013-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-fevral.
  2. „Staebler Comes Back to Defeat Zhadrayev in 2017 World Finals Rematch | United World Wrestling“. unitedworldwrestling.org. Qaraldi: 2018-yil 26-dekabr.
  3. „World Championships | Drupal“. unitedworldwrestling.org. Qaraldi: 2018-yil 26-dekabr.
  4. „Men's 60kg Greco-Roman Qualification“. London2012.com. LOCOG. 2013-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-fevral.
  5. „Результаты чемпионата Украины по греко-римской борьбе!!!“ (рус.). wrestlingua.com. 2021-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 28-may.
  6. „Чемпионат России по греко-римской борьбе 2014. Итоговые материалы“ (рус.). Сайт Федерации спортивной борьбы России. Qaraldi: 2014-yil 30-iyun.[sayt ishlamaydi]
  7. 7,0 7,1 Wrestler Lenur Temirov from Sudak is called to the Russian national team
  8. „www.wrestrus.ru“. 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-dekabr.
  9. „Судакский борец Ленур Темиров вызван в российскую сборную — Крымский спорт — новости спорта Крыма“. 2019-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.