Lee Savold

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lee Savold (ing.Lee Hulver (Savold) 22.03.1915-14.05.1972)-amerikalik ogʻir vazn toifasidagi bokschi.195-yil 22-martda AQSHning Minnesota shtatining Kanbi shahrida tugʻilgan.1950-1951-yillar oraligʻida ogʻir vazn toifasida jahon chempionatining Britaniya va Yevropa (EBU) boʻyicha janglar oʻtkazgan va 1940-yillarda va 1950-yillar boshlarida chempionlikka yetakchi daʼvogar boʻlgan.Faoliyati davomida u ogʻir vazn toifasi chempionlari Jou Lui va Rocky Marsiano bilan jang qilgan[1].Savold 2012-yilda Minnesota boks shon-shuxrat zaliga kiritilgan.

Savold boks tarixidagi barcha ogʻir vazn toifasidagi chempionlar orasida eng koʻp jang oʻtkazgan va gʻalaba qozongan bokschidir.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Savold Minnesota shtatining Kanbi shahrida tugʻilgan (uning tugʻilganligi yaqin atrofdagi Marshall shahrida qayd etilgan). Uning ota-onasi norvegiyalik fermerlar edi.Yoshligida u ot minib, oilasiga tegishli chorva mollarini boqib yurgan.

Qachondir u bufetchi, yoʻl ishchisi va chorvachilik fermeri ishchisi edi.1943-yilda u dengiz savdogarlariga qoʻshildi va Murmanskka bir nechta savdo safarlarida qatnashdi. Boksdan nafaqaga chiqqanidan soʻng, u operativ muhandislar uyushmasining 825-sonli mahalliy jamoasida ishladi.

Boksdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1940-yil 16-sentabrda Lee Savold 1-raundda Andy Milerni nokaut qildi (1:43).Ring yonida boʻlgan sobiq ogʻir vazn toifasi chempioni Jek Dempsi jangdan soʻng Savoldga ogʻir vazn toifasida Ayova shtati chempionati kubogini topshirdi.

1942-yil 25-mayda u Lou Novani sakkizinchi raundda nokautga uchratganligi, „The Ring“ jurnali tomonidan"Yil mag'lubiyati" deb topildi[2].

1948-yil 19-martda Lee Savold Madison Square Gardenda italiyalik Jino Buonvinoni nokautga uchratib, asosiy vaqtda eng tez nokaut boʻyicha rekord oʻrnatdi.U autsayder edi va toʻpigʻidan jarohat olgan Jo Baksi oʻrniga bor-yoʻgʻi 48 soat ichida almashtirilgan edi.Rekord Gerry Cooney 1981-yilda Ken Nortonni magʻlub etib rekordini yangilaguncha saqlanib qoldi.Nihoyat 2007-yilning 10-martida Sulton Ibragimov Xavyer Morani 46 soniyada magʻlub etganida xozircha oxirgi yangilangan rekord boʻlib turibdi[3][4][5].

1950-yil 6-iyunda u Bryus Vudkokni toʻrtinchi raundda magʻlubiyatga uchratib,Jahon ogʻir vazn toifasi unvonining EBU versiyasini qoʻlga kiritdi.Savold 1948-yildagi birinchi himoya uchrashuvida magʻlub boʻldi.

1951-yil 17-iyun kuni u Jo Lui bilan jang qildi, bu birinchi professional sovrinli jang boʻlib, televideniyada teatrlarga olib koʻrsatildi.U oltinchi raundning 2 daqiqa 29 soniyasida nokautga uchradi.Garchi chempionlik unvoni uchun jang boʻlmagan boʻlsada, bu bahsdan soʻng EBU Savoldni „jahon“ chempioni sifatida tan olishdan voz kechdi[6][7].

Oʻzining soʻnggi jangida u 7 raund jang qildi va 1952-yil 13-fevralda afsonaviy bokschi Rocky Marsiano tomonidan texnik nokautga uchradi[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lee Savold’s Professional Boxing Record. BoxRec.com. Retrieved on 2014-05-18.
  2. Dawson. „Savold Scores Eight-Round Knockout Victory Over Favored Nova - WASHINGTON BOUT ENDED BY REFEREE Nova Battered, Manager Calls for Halt Between Eighth and Ninth Rounds SAVOLD CUTS FOE'S FACE His Late Rush Turns Tide in Navy Relief Fight Before 15,000 - Abrams Wins - Article - NYTimes.com“. Select.nytimes.com (1942-yil 26-may). Qaraldi: 2014-yil 6-iyun.
  3. Nichols. „SAVOLD KNOCKS OUT BUONVINO IN FIRST - Sets Garden's Quickest Finish Record by Halting Rival in 54-Second Upset - Article - NYTimes.com“. Select.nytimes.com (1948-yil 20-mart). Qaraldi: 2014-yil 6-iyun.
  4. „BAKSI WITHDRAWS FROM GARDEN BOUT - Boxer Suffers Ankle Injury - Savold to Fight Buonvino in Feature Tomorrow - Article - NYTimes.com“. Select.nytimes.com. Qaraldi: 2014-yil 6-iyun.
  5. Nichols. „BUONVINO FAVORED TO DEFEAT SAVOLD - Italian Heavy Is 5-9 Choice in Main 10-Round Fight at Garden Tonight - Article - NYTimes.com“. Select.nytimes.com (1948-yil 19-mart). Qaraldi: 2014-yil 6-iyun.
  6. Dawson. „VIDEO IN THEATRES SEEN SPORTS BOON - 'Fantastic' Success of Plan With Louis-Savold Fight to Lead to Expansion - Article - NYTimes.com“. Select.nytimes.com (1951-yil 17-iyun). Qaraldi: 2014-yil 6-iyun.
  7. „JOE LOUIS KNOCKS OUT LEE SAVOLD IN SIXTH ROUND.“. Cairns Post (Qld. : 1909 - 1954). Qld.: National Library of Australia (18-iyun 1951-yil), s. 1. Qaraldi: 6-iyun 2014-yil.
  8. Dawson. „Marciano Knocks Out Savold at Philadelphia for 39th Consecutive Triumph - BATTLE IS HALTED AFTER SIX ROUNDS Manager Concedes One-Sided Contest to Marciano for a Badly Battered Savold KNOCKOUT LISTED FOR 7TH Brockton Heavyweight Stays Unbeaten and Strengthens Bid for Title Chance - Article - NYTimes.com“. Select.nytimes.com (1952-yil 14-fevral). Qaraldi: 2014-yil 6-iyun.