Lee Hyun-woo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lee Hyun-woo
Tavalludi 23-mart 1993-yil (1993-03-23) (31 yosh)
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 2005-hozirgacha

Lee Hyun-woo (1993- yil 23-martda tugʻilgan) — janubiy koreyalik aktyor va qoʻshiqchi. U toʻqqiz yoshida aktyorlik faoliyatini boshlagan, keyinchalik The Return of Iljimae⠀ (2009) va „Queen Seondeok“ (2009) teleseriallarida suratga tushgan. U, shuningdek, „Magistr of Study“ (2010) va „To the Beautiful You“ (2012) filmlarida ham rol ijro etgan. Lee 2013-yilning „Secrely, Greatly“ filmidagi shimoliy koreyalik josus roli, shuningdek, 2014-yilning The Con Artists filmidagi daho xaker obrazlari uchun tan olingan. Keyin u „Moorim School“ (2016) va „The Liar and His Lover“ (2017) filmlarida bosh rollarni ijro etgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lee oʻz faoliyatini bolakay aktyor sifatida boshlagan va „The Legend“, „King Sejong the Great“, „The Return of Iljimae“ „Queen Seondeok“ kabi bir qator yirik spektakllarda rol ijro etgan[1].

U „Dragon Zakura Yaponiya mangasining Koreya zangori ekraniga moslashtirilgan „Master of Study“ filmidagi roli tufayli shuhrat qozongan[2]. Xuddi shu yili Lee 2010-yilgi „Footloose“ musiqiy spektakli uchun sahnaga chiqqan va sahnada Ren obrazining bosh rolini oʻynagan.

Lee 2015-yilgi Yeonpyeongning ikkinchi jangi haqida „Northern Limit Line“ dengiz trillerida rol ijro etgan[3]. Film 6 024 894 ta chipta sotgan (AQSh$38,945,231), bu 2015-yilda eng koʻp tomosha qilingan koreys filmiga ayl

2016-yilda u „Moorim School“ fantastik yoshlar dramasida rol ijeo etgan[4]. Dastlab 20 qismga moʻljallangan drama past reytinglar tufayli 16 qismgacha suratga olingan[5].

2017-yilda Lee „Red Velvet“ aʼzosi Joy bilan bir qatorda yapon mangasi „Kanojo wa Uso o Aishisugiteru“ning koreyscha talqini „The Liar and His Love“ dramasida rol ijro etgan[6].

Lee armiyaga qoʻshilishdan oldin 2018-yilda „Twenty-Six“ nomli raqamli singlni chiqardi[7].

Besh yildan soʻng 2022-yilda Lee „Money Heist: Korea — Joint Economic Area Netflix dramasida suratga tushish orqali kichik ekranga qaytadi[8].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil aprel oyida
Yil Nom Rol Izohlar Havl.
2005 Baribari Jjang
2006 Holiday
A Dirty Carnival Young Min-ho
2007 Hwang Jin Yi Young Nomi
2010 The Loneliness of Butcher Boy Tae-shik Qisqa metrajli film [9]
2011 GLove Kim Jin-man [10]
2013 Secretly, Greatly Rhee Hae-jin
2014 The Con Artists Jong-bae
2015 Northern Limit Line Park Dong-hyuk
The Beauty Inside Woo-jin
Eʼlon qilinadi Hero Yoo Dong-ha
Dream Kim In-sun Suratga olinmoqda [11]
Dog Days [12]

Kliplarda chiqishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Ijrochi Havl.
2005 ⠀Jump⠀ Haha
2011 ⠀You and I⠀ IU
2012 ⠀First Loveʼs Melody⠀ Acoustic Collabo
2013 ⠀I Love You⠀ Akdong [13]
2016 ⠀Ordinary Love⠀ KCM [14]
2019 ⠀Above the Time⠀ IU

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Lee Hyun-woo“. Korean Film Council. Qaraldi: 2016-yil 15-fevral.
  2. Wee, Geun-woo. „Interview: Actor Lee Hyun-woo – Part 1“. 10Asia (2010-yil 22-fevral). Qaraldi: 2012-yil 16-noyabr.
  3. Conran. „LEE Hyun-woo Prepares for BATTLE OF YEONPYEONG“. Korean Film Biz Zone (2014-yil 11-iyul). Qaraldi: 2015-yil 17-may.
  4. „Lee Hyun-woo, Lee Hong-bin gives glimpse of youths' lives in new TV series“. The Korea Herald (2016-yil 12-yanvar).
  5. „'Moorim School' to wrap up early“. Korea JoongAng Daily (2016-yil 3-fevral).
  6. „Lee Hyun-woo, Red Velvet's Joy to star in 'She Loves Lie So Much'“. Kpop Herald (2017-yil 13-yanvar).
  7. „[SBS Star Lee Hyun Woo Releases a Single Before Enlisting in the Military“]. SBS News (2018-yil 6-fevral).
  8. Park Pan-seok. „이현우, '종이의집' 막내 리우 컴백..차근차근 다져온 연기력 기대“ (ko). Osen (2022-yil 23-iyun). Qaraldi: 2022-yil 23-iyun.
  9. „'환상극장' 한지혜 감독 "이현우, 1년 만에 남자가 됐다"“ (ko). Hankyung (2011-yil 4-mart).
  10. „'글러브' 이현우, "슬라이딩으로 공 잡는 장면, 감동해서 눈물이"“ (ko). TV Daily (2011-yil 10-yanvar). 2022-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-sentyabr.
  11. „Dream Movie (2020)“. HanCinema.
  12. Lee Seung-mi. „[공식영화 '도그 데이즈', 유해진·윤여정·김윤진·김서형 등 캐스팅 확정“] (ko). Sports Chosun (2021-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 14-dekabr.
  13. „이현우, 악동뮤지션 신곡 MV 출연 '풋풋한 로맨스'“ (ko). My Daily (2013-yil 24-mart).
  14. „이현우, KCM '우리도 남들처럼' MV 주인공…감성 폭발“ (ko). Sports Donga (2016-yil 26-yanvar).