Joy
Joy | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
Park Soo-young 3-sentyabr 1996-yil Janubiy Koreya |
Fuqaroligi | Koreya Respublikasi |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 2014-hozirgacha |
Park Soo-young (1996-yil 3-sentyabrda tugʻilgan), Joy sahna nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi, aktrisa va boshlovchi. U 2014-yil avgust oyida Janubiy Koreyaning Red Velvet qizlar guruhi aʼzosi sifatida debyut qilgan. 2017-yilda Joy aktrisa sifatida debyut qilgan va The Liar and His Lover (2017), Tempted (2018) va The One and Only (2021) teleseriallarida bosh rollarni ijro etgan.
2021-yilda Joy oʻzining Hello maxsus albomini chiqarish bilan solist sifatida rasman debyut qilgan.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2015-yil iyun oyida Joy oʻzining birinchi yakkaxon televideniye faoliyatini MBC telekanalida We Got Married estrada shousining toʻrtinchi mavsumi bilan boshlagan, shouda u BtoB guruhi aʼzosi Yook Sung-jae bilan juftlikda qatnashgan[1]. Joy oʻz ishtiroki uchun eʼtirofga sazovor boʻlgan va 2015 MBC Entertainment Awards tadbirida New Star mukofoti va Eng yaxshi juftlik mukofotini qoʻlga kiritgan[2]. Joy, shuningdek, 2016-yil aprel oyida Yook bilan „Young Love“ nomli duetini chiqargan, Joy buning uchun qoʻshiq muallifi sifatida mukofot olgan[3].

2017-yilda Joy Kotomi Aokining mashhur Kanojo va Uso o Aishisugiteru nomli mangasining Janubiy Koreyaga moslashtirilgan The Liar and His Lover musiqiy dramasida tvN telekanalida bosh roldagi ayol obrazida debyut qilgan[4] Dramaning musiqiy tabiati bilan Joy bir nechta saundtreklarni chiqargan, jumladan: „Yeowooya“, „I’m Okay“, „Your Days“, „Shiny Boy“, „Waiting For You“ va „The Way to Me“[5]. Bosh roli uchun Joy OSEN Cable TV Awards mukofotiga sazovor boʻlgan[6]. 2017-yil iyul oyida Joy Bandabi taxallusi ostida King of Mask Singer qoʻshiq kuylash estrada tanlovida ishtirok etgan va u tanlovning keyingi bosqichiga yoʻl olgan[7].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Grace Danbi Hong. „Red Velvet Joy Revealed as BTOB Yook Sung Jae′s ′We Got Married′ Partner“. Mnet (3-iyun 2015-yil). 12-fevral 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-avgust 2016-yil.
- ↑ Choi Min-ji. „MBC연예대상2015 조이 뉴스타상 받고 육성재에게 "오빠 나 상 받았어"“ (ko). Chic News (29-dekabr 2015-yil). 26-oktyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-dekabr 2015-yil.
- ↑ Hong Se-young. „'우결' 측 "조이♥육성재, '어린애(愛)' 뮤비+음원 16일 공개"“ (ko). Sports Donga (15-aprel 2016-yil). 14-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-aprel 2021-yil.
- ↑ Park So-hyun. „레드벨벳 조이, 연기돌 변신...SM 측 "'그녀는 거짓말~' 출연 확정“ (ko). X-sports News (13-yanvar 2017-yil). 14-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-yanvar 2017-yil.
- ↑ Kim Jae-won. „레드벨벳 조이, 두번째 '그거너사' OST에 이현우 랩 피처링 '케미 터진다'“ (ko). Sports World (25-mart 2017-yil). 25-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-may 2020-yil.
- ↑ Cheon Sul-hwa. „'제2회 더 서울어워즈', 소녀시대 서현-레드벨벳 조이 인기상 두고 각축전“ (ko). Star Daily News (5-oktyabr 2018-yil). 25-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-aprel 2021-yil.
- ↑ Jang Jin-ri. „'복면가왕' 파워디바 영희, 新 가왕 등극...아기해마는 케이윌 [종합“] (ko). Osen (30-iyul 2017-yil). 14-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-iyun 2020-yil.