Latif Yaushevning uyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Latif Yaushevning uyi — Chelyabinsk viloyati, Troitsk shahridagi meʼmoriy yodgorlik. Rossiyaning madaniy merosining aniqlangan obʻekti[1].

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

80-yillarda qurilgan. XIX asr birinchi gildiya savdogar Abdulvali Yaushevning uchinchi xotini Ashraf uchun.

1906-yilda Abdulvali Yaushev vafotidan keyin uy oʻgʻliga oʻtgan, u keyinchalik uyni amakivachchasi Latif Yaushevga sotib yuborgan.

1910-1912-yillarda Latif Yaushevning onasi Gʻayniya Yausheva yaqin binoda „Dorulmugallimat“ ayollar pedagogika bilim yurtini ochdi.

Oktabr inqilobidan keyin, Latif Yaushev va uning oilasi Xitoyga hijrat qilishdi, uy esa Sovet hukumati tomonidan milliylashtirildi.

Sovet davrida, bu binoda tugʻruqxona, onkologiya dispanseri va tez tibbiy yordam stansiyasi joylashgan edi. 1976-yil 27-mayda, shahar ijroiya qoʻmitasining 126-sonli qarori bilan uy, tarix va madaniyat yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.

2008-yildan beri, bino Chelyabinsk davlat universitetining, Troitsk filialining 4-binosi hisoblanadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]