Lasius uzbeki
Qiyofa
Lasius uzbeki | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||
|
Lasius uzbeki(lot.) — chumolilar oilasi tarkibiga kiruvchi biologik tur. Turning nomi Oʻzbekiston sharafiga nomlangan. Oʻzbekiston, Qozogʻiston hamda Qirgʻizistonda keng tarqalgan. Dengiz sathidan 1400—2000 metr balandlikda uchraydi[1][2].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu turdagi chumolilar tanasining uzunligi 5 mm dan oshmaydi. Tanasining rangi – sargʻish-jigarrang. Tanasiga nisbatan koʻzi yirik. Ilmiy sohada kam tadqiq qilingan. Uya hosil qilgan holatda hayot kechiradi, asosan, butalarga yaqin joylarda hamda allyuvial tekisliklarda hayot kechiradi. Bu tur ilk marotaba 1992-yilda nemis mirmekologi Bernhard Seifert tomonidan oʻrganilgan[1][2][3].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Seifert B. A taxonomic revision of the Palaearctic members of the ant subgenus Lasius s.str. (Hymenoptera: Formicidae)(ingl.) // Abh. Ber. Naturkundemus. Görlitz : Журнал. — 1992. — Vol. 66, no. 5. — P. 1—67. (page 25, fig. 41)
- ↑ 2,0 2,1 Seifert B. A taxonomic revision of the Palaearctic members of the subgenus Lasius s.str. (Hymenoptera, Formicidae)(ingl.) // Soil Organisms : Журнал. — Senckenberg Gesellschaft für Naturforschung[de], Senckenberg Museum für Naturkunde Görlitz[de], 2020. — Vol. 92. — P. 15—86. — ISSN 1864-6417. — DOI:10.25674/so92iss1pp15.
- ↑ Радченко А. Г.. Муравьи (Hymenoptera, Formicidae) Украины, Киев, 2016. ISBN 978-966-02-7810-3.