Lampredotto

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

'Lampredottoʻ (italyancha: Lampredotto) ― Florensiyada mashhur boʻlgan goʻshtli taom boʻlib, sigirning toʻrt kamerali oshqozonining oxirgi qismi — qatqorindan tayyorlanadi (umuman, oshqozondan tayyorlanadigan bunday taomlar trippa yoki trippe deb ataladi). Taomni tayyorlash uchun qatqorin yaxshilab yuviladi, boʻlaklarga boʻlinadi va pomidor, piyoz, maydanoz, selderey yoki boshqa sabzavotlar, shuningdek, ziravorlar va achchiq qalampir bilan birga qaynatiladi[1]. Anʼanaviy „yashil sous“ bilan alohida taom sifatida, shuningdek, fast fudda — sendvich yoki panini shaklida tortiladi[2].

Lampredotto, Toskana oshxonasi taomlarining muhim qismi kabi, kambagʻallar ommasidan kelib chiqqan va XV-asrdan beri pazandalik toʻplamlarida uchraydi[3]. Nomi lampredadan — Arno daryosida toʻda boʻlib yashaydigan minoglarniing italyancha nomidan kelib chiqqan. Lampredotto tashqi koʻrinishi boʻyicha minoglarning ochiq soʻrgʻich ogʻizlariga oʻxshaydi[1]. Ilk bor taʼtib koʻrayotgan sayyoh uchun yeb boʻlmaydigandek tuyulishi mumkin boʻlgan taom hali ham Florensiya aholisi orasida mashhur: shaharda yiliga 80 tonnagacha lampredotto isteʼmol qilinadi[2]. Ushbu oʻziga xos taom hisoblangan lampredottai yoki trippaio sotiladigan koʻchma aravalarini markaziy maydonlarda, bozorlarda, Toskana poytaxtining ishchi kvartallarida uchratish mumkin[3] va XXI-asrning boshlarida bunday oziq-ovqatlar savdo nuqtalarining soni faqat oʻsib bormoqda — 2010-yilda ular shaharda oʻttizdan kam boʻlmagan[1]. Qoidaga koʻra, bunday aravalarda lampredotto bilan bir stakan sharob — gottini ham taqdim etiladi. 2009-yilda Yevropa Ittifoqi koʻcha tez ovqatlanish shahobchalarida spirtli ichimliklarni sotishni taqiqlovchi qonunni qabul qilganida, bu anʼana deyarli unutildi. Florensiya meri Matteo Renzi bunga tezda munosabat bildirib, lampredottai[1] shahobchalarida sharob berishga ruxsat beruvchi farmon chiqardi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Suzi Jenkins. „What a load of tripe!“. // The Florentine, № 121, 22-aprel 2010-yil. 15-sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-mart 2012-yil.
  2. 2,0 2,1 Полина Фомина. „Желудок Микеланджело“. // is.park.ru со ссылкой на Ресторанные ведомости. 3-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-mart 2012-yil.
  3. 3,0 3,1 Анастасия Денисова. „Флоренция. Избранное“. // geo.ru. 15-sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-mart 2012-yil.