Kontent qismiga oʻtish

Labirintdagilar: Olov iskanjasida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Labirintdagilar: Olov iskanjasida

Teatr uchun ishlangan poster
Rejissyor(lar) Wes Ball
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) T. S. Nowlin
Qaysi asarga
asoslangan
The Scorch Trials
James Dashner
Rollarda
Bastakor(lar) John Paesano[2]
Kinematografiya Gyula Pados
Muharrir(lar) Dan Zimmerman
Studiya(lar)
Distribyutor 20th Century Fox
Chiqarilgan sanasi
  • 18-sentyabr, 2015-yil(2015-09-18) (AQSh)
Davomiyligi 131 daqiqa[3]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $61 million[4]
Daromadi $312.3 million[5]

Labirintdagilar: Olov iskanjasida – James Dashnerning 2010-yilda yozgan „The Scorch Trials“ romani asosida 2015-yilda chiqarilgan Amerika ilmiy fantastik filmi. Film Labirintdagilar kitoblar seriyasini ikkinchi romaniga asoslangan. 2014-yilda suratga olingan Labirintdagilar filmining davomi. Filmda rejissyori – Wes Ball ssenariynavis – T. S. Nowlin. Filmning ilk qismida bosh rollarni Dylan O'Brien, Ki Hong Lee, Thomas Brodie-Sangster, Patricia Clarkson, Kaya Scodelario, Dexter Darden va Aleksandr Flores kabi aktyorlar ijro etgan edi. Trilogiyaning ikkinchi qismiga yordamchi aktyorlar sifatida Giancarlo Esposito, Aidan Gillen, Barry Pepper va Lili Taylorlar ham kelib qoʻshilgan.

Olov iskanjasida“ filmining syujetida 1-qismidagi voqealar davom etadi. Filmning birinchi qimi Thomas (OʻBrien) va uning sheriklari Gladerlarni labirintga tashlagan Jahon Halokat Zonasi Departamenti (WCKD) muassasasidan qochib qutilishlari bilan yakunlangan edi. Filmning bu qismida endi qahramonlar choʻl va vayronaga aylangan shaharlar aro WCKD askarlaridan yashirinib issiq zonada turli xil xavflarga duch kelishlari kabi voqealar sodir boʻladi. Suratga olish ishlari 2014-yilning 27-oktyabr kuni New-Mexico shtatining Albukerke shahrida boshlanib, rasman 2015-yil 27-yanvarda tugatilgan.

Labirintdagilar: Olov iskanjasida 2015-yil 9-sentyabrdan boshlab xalqaro miqyosda 2D, 3D, 4DX va Barco Escape formatlarida chiqarilgan hamda 2015-yil 18-sentyabr kuni AQShda 2D va keng formatli premium 20th Century Fox kinoteatrlarida premyera qilingan. Dastlab film IMAX- da chiqarilishi kerak edi ammo Yaponiyadan boshqa hududlarda bu bekor qilingan. Sababi Everest filmi butun dunyo boʻylab IMAX kinoteatrlarini „The Walk“ filmi chiqarilgunga qadar bron qilgan edi. Olov iskanjasida filmi muxlislar tomonidan turli fikrlarga sabab boʻldi: baʼzilar uning voqealar ketma-ketligi va chiqishlarini maqtagan boʻlsa, boshqalar filmni voqealar rivojida yangiliklar boʻlmagani, syujet avvalgi qismga qaraganda sust boʻlib qolganini aytib eʼtiroz bildirishdi. Ilk qism singari bu film ham premyera haftasida 30,3 million dollar yigʻib sentyabr oyidagi toʻqqizinchi eng yuqori daromad keltirgan filmga aylandi. Film butun dunyo boʻylab 312 million dollar daromad keltirgan.

Labirintdagilar: Oʻlimga qarshi nomli yakuniy film 2018-yil 26-yanvarda ommaga taqdim etilgan.

Voqealar rivoji

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fleshbekda ona oʻgʻli Thomasni tadqiqotchi Ava Paige va WCKD tashkiloti askarlariga tashlab ketadi. Thomas va boshqa bolalar ilmiy sinovning bir qismi boʻlgan Glade deb nomlanuvchi joyda harakatlanuvchi labirintga joylashtiriladi.

Bir necha yil oʻtib, labirintdan qutqarilganidan koʻp oʻtmay, Thomas va qolgan Gladerlar Janson tomonidan boshqariladigan muassasaga olib ketiladi. Janson bu obyekt ularni Flare virusini yuqtirib zombilashgan Cranklardan himoya qiladigan yagona joy deb ataydi. Gladerlar obyektga borganlarida Jansonning gʻamxorligi faqat ularga emasligini, u yerda yana boshqa labirintlardan chiqqanlar ham bor ekanligini bildilar.

Thomas Jansonning harakatlaridan shubhaga tushib ular turgan obyektni tekshirishga qaror qiladi. Thomas boshqa bir labirintdan omon chiqib, obyektga kelganiga bir haftadan oshiq boʻlgan Arisning yordami bilan WCKD rahbari Ava Paige hali ham tirik ekanligini aniqlaydi. Janson WCKD uchun ishlab, labirintdan tirik chiqa olganlardan Flare virusiga qarshi immunlar yaratadi. Immunlar ustidagi tajribalarni Paige bilan muhokama qilayotib, ular hali ham togʻli hududlarda yashiringan Right Arm qarshilik guruhini qidirayotganlarini eslatib oʻtadi. Gladerlar Arisni ham yoniga olib, Teresani qutqarishadi va Right Arm qarshilik guruhini topish maqsadida choʻlga qochishadi. Janson ularni WCKD ga qaytarish uchun ortligidan askarlar guruhini yuboradi.

Guruh WCKD askarlaridandan qochib, tashlandiq bir savdo markaziga kelishadi. Minho va Thomas u yerda hamon elektr energiyasi bor ekanligini payqab chiroqni yoqishadi. Bu esa uxlab yotgan Cranklar ni uygʻotib yuboradi. Bir amallab Cranklardan qochib qutilishadi, lekin ulardan biri Winstonni zararlashga ulguradi. Keyingi kun uning xolati ogʻirlashib virus tanaga yanada tezroq tarqaladi. Shu sabab boshqalar uni Cranklardan biriga aylanmasidan avval oʻzini oʻzi oʻldirishiga qoʻyib berishadi.

Gladerlar sahroni kesib oʻtayotib ochiq maydon ostida tunashadi. Tong otishiga hali uzoq boʻlishiga qaramay Thomas uygʻonib qolib uzoqda yonib turgan chiroqlarga koʻzi tushadi. Ortidan esa juda kuchli chaqmoq boʻronlari kelayotgan edi. Tezda yoʻlga otlanib chiroqlar yonib turgan tashlandiq binoga kirishadi. Ichkarida ular bogʻlab qoʻyilgan Cranklar larga duch kelishadi. U tashlandiq joy omon qolgan xavfli guruhni boshqaradigan Brenda va Jorgega tegishli edi. Xavfli guruh aʼzolari Gladerlarni WCKD ga qaytarishmoqchi boʻlishadi. Brenda va Jorge ularga qarshi chiqib, Gladerlarni Right Arm qarshilik guruhiga olib borishga rozi boʻlishadi.

WCKD obeyktni topib agar Gladerlar qaytarib berilsa barcha tirik qolishiga vada berishadi. Gladerlar esa yana qochishga muvaffaq boʻlishadi. Thomas va Brenda ortda qolib boshqa yoʻldan ketishga majbur boʻlishadi. Qolganlar esa Jorge bilan qochib ketishadi. Thomas va Brenda tuneldan yurayotib Cranklarga duch kelishadi hamda ulardan qochayotgan vaqtda ulardan biri Brendani zararlaydi. Thomas Teresa bilan birgalikda WCKD uchun ishlayotgani haqidagi baʼzi narsalarni eslaydi. U Teresani WCKD rejalari haqida ogohlantirishga harakat qilgani, ammo uni askarlar qoʻlga olib labirint ichiga joʻnatishganlarini eslaydi. Thomas va Brenda guruhning qolgan aʼzolarini topishadi. Jorge Right Arm qayerda joylashganini aniqlash uchun WCKD uchun yashirincha ishlaydigan Markusni soʻroq qiladi.

Guruh mashinada Right Arm qarorgohi tomon yoʻlda ketayotib, mashina bilan oʻtib boʻlmaydigan joyga yetib kelishadi. U yerda bir qator qurolli kishilar ularni kutib olib ularni asirga oladi. Ammo ular orasida Harriet va Sonya, Arisni tanib qoladi va xavf yoʻqligini aytib ularni asirlikdan ozod qilishadi. Ular Gleyderlarni, Brenda, Jorge hamda Arisni boshqa labirintdan qochib omon qolganlar mavjud boʻlgan Right Armning qoʻshin qarorgohiga olib boradilar.

Qarorgohda Right Arm rahbari – Vince ularni kutib oladi. Shu vaqtga kelib, Brendaning infeksiyasi yanada kuchaygan edi. Vince Brendani otib tashlamqochi boʻlganida WCKDning sobiq olimasi Mary Cooper uni toʻxtatadi. Cooper Thomas Right Armning xabarchisi boʻlganligi haqida tashkilot rahbariga maʼlum qiladi. Shuningdek, WCKD doʻstlarini labirintga joʻnatib, oʻlishiga qoʻyib berayotganiga ortiq chiday olmasligi sababli ularni qutqarish maqsadida Right Armga WCKDning eng katta operatsiyasini yoʻq qilishga yordam berganini ham aytadi.

Mary Brendaning infeksiyasini Thomasdan olinayotgan ferment bilan davolayotib, ferment ishlab chiqarilmasligi, uni faqat immun tizimidan yigʻib olish mumkinligini tushuntiradi. Paige bilan davolash yoʻllari ustidagi boʻlib oʻtgan bahslar Maryni WCKDdan ketishiga sabab boʻlib, Mary Right Arm qarshi guruhiga borib qoʻshiladi. Teresa WCKD qilayotgan ish toʻgʻri deb oʻylagani uchun ularni Right Arm qarorgohiga chaqiradi. Bu esa u yerda katta jang boʻlib oʻtishiga sabab boʻladi.

WCKD askarlari tezda qoʻzgʻolonchilar ustidan gʻalaba qozonib, tirik qolganlarni Bergda kelgan Paige va Janson oldiga bir necha qator qilib saflashadi. Teresa Thomasga Janson sabab WCKDdan xotiralarini qaytarib olganini tushuntiradi. Janson Maryni otib oʻldiradi. Qolganlarni olib ketish paytida Thomas qoʻlida kichik granatani portlatishini aytib tahdid qiladi. Shu vaqtda Brenda va Jorge mashinada kelib, kichik otishma sodir boʻladi. WCKD askarlari immunitetga ega boʻlgan Minho, Aris va Sonyani olib ketishadi. Keyingi kun tongda Vince yoshlarni Right Armning qutqarganlarni joʻnatadigan xavfsiz hududiga joʻnatishini aytadi. Thomas esa Minhoga bergan vaʼdasini taʼkidlab uni yolgʻiz qoldirmasligini, WCKD hech qachon bu ishdan qaytmasligini aytib WCKD ni butunlay toʻxtatish uchun Ava Paige ni oʻldirishini aytadi.

Ishlab chiqarilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilning 13-oktyabrida, Labirintdagilar filmi ommaga taqdim qilinishidan deyarli bir yil oldin, Foxning Labirintdagilar: Olov iskanjasida filmi ustida ish boshlashi haqida xabar berilgan edi. Ssenarist sifatida yaqinda Qoyilmaqom Toʻrtlik filmiga ssenaristlik qilgan T.S Nowlin tayinlangan. U Noah Oppenheimdan ssenaristlikni oʻz zimmasiga olib, Nowlin yozgan ssenariyni nazorat qilish Wes Ball ga topshirilgan.

Labirintdagilar: Olov iskanjasida filmi ustida ish boshlash koʻpchilikka Foxning Labirintdagilar filmining muvaffaqiyatiga ishonchi komil ekanligini koʻrsatdi[6][7]. 2014-yil 19-noyabrda Jon Paesano filmga saundtrek ishlash uchun qaytishi tasdiqlandi. Yaratuvchi dizayner Ken Barthelmey filmda Cranklar tashqi koʻrinishi dizaynini yaratish uchun chaqirildi[8].

2014-yil 26-sentyabrda Rat-man nomi bilan mashhur boʻlgan Aidan Gillen Janson rolini ijro etish uchun chaqirilgan[9]. 2014-yil 30-sentyabrda Rosa Salazar Brenda rolini oʻynash uchun shartnoma imzoladi[10]. Keyingi bir necha kun ichida Loy filmi yulduzi Jacob Lofland[11] Aris Jons roli uchun va Gianlarco Esposito[12] Jorge rolini oʻynash uchun aktyorlar tarkibiga qoʻshilishgan. Nathalie Emmanuel 2014-yil 22-oktyabrda „B“ guruhining yetakchisi Harriet roliga taklif etilgan[13]. Shu yilning 22-dekabrida esa Katherine McNamara yana bir asosiy rollardan biriga chaqirilgan edi[14]. 2014-yil 3-noyabrida Lili Taylor Mary Cooper roliga[15] va Barry Pepper Right Arm qarshilik guruhi yetakchisi Vince roliga chaqirilgan[16].

Suratga olish jarayoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 25-iyulda Ball San-Diyegodagi Comic-Con -da studiya agar film ilk qismi muvaffaqiyatga erishsa navbatdagi qismni 2014-yil kuzida suratga olishni rejalashtirayotganligini eʼlon qildi[17].

2014-yil 31-avgustda Ball filmni suratga olish boshlanishiga yana toʻqqiz hafta qolganini eʼlon qildi. U shu bilan birga ular oʻsha vaqt New Mexicoda ekanligini, koʻpgina sahnalar deyarli tayyor boʻlib film suratga olish vaqtiga yaqinlashganini va koʻplab aktyorlar (ilk qismda vafot etganlardan tashqari) oʻz rollariga qaytishayotganligini, ssenariy ham deyarli tayyor boʻlganini taʼkidlaydi[18].

Asosiy suratga olish jarayoni 2014-yil 27-oktyabrda New-Mexicodagi Albukerke va unga yaqin bir necha hududlarida boshlangan[9][19]. Suratga olish jarayoni 2015-yil 27-yanvarda yakunlanib, umumiy hisobda 94 kun davom etgan[20][21].

Jon Paesano tomonidan bastalangan saundtrek 2015-yil 11-sentabrda ommaga taqdim qilingan[22].

2014-yil 31-avgustda Ball film taxminan bir yillardan soʻng katta ekranlarga chiqarilishini taʼkidladi[18]. 2014-yil 21-sentyabr kuni film 2015-yil 18-sentyabrda AQShda premyera qilinishi eʼlon qilingan[23].

Qabul qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Labirintdagilar: Olov iskanjasida filmi Shimoliy Amerikada 81.7 million dollar daromad keltirgan. Dunyo boʻylab yigʻilgan daromad esa 230,6 million dollarni tashkil etib, jami 312,3 million dollar foyda keltirgan. Film budjeti 61 millin dollarni tashkil etgan.

Shimoliy Amerikada

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerika Qoʻshma Shtatlari va Kanadada film Black Mass va Captive filmlari bilan birga premyera qilinib, premyera ilk haftasida 34-36 million dollar foyda olib kelishi rejalashtirilgandi[24][25]. Filmning bu qismi avvalgi qismidan(1.1 million dollar) farqi ravishda jami 2900 ta kinoteatrdagi kechki premyeralardan 1,7 million dollar ishlab oldi[26][27]. Ammo premyera kuni jami 11 million dollar daromad qilib avvalgi film koʻrsatkichlardan quyiroq natijani qayd etdi[28]. U hafta oxirida 3796 ta kinoteatrdan jami 30,3 million dollar daromad bilan yakunlab filmning ilk qismidan 7 foizga pastroq natijani qayd etgan. Shunga qaramay, film oʻzining asosiy raqobatchisi Black Mass filmidan koʻproq daromad qila olgan[29][30] Film auditoriyasining 65 foizi 25 yoshdan kichik boʻlganlar tashkil qilib, umumiy chipta xaridorlarining 53 foizini ayollar tashkil etgan[29]. Fox filmning birinchi qismdagi kabi IMAX formatida chiqara olmagan. Sababi oʻsha vaqtda barcha IMAX ekranlari Everest filmi uchun band qilingan edi. Ammo Fox filmni 270 PLF formatda chiqarishga qaror qilgan hamda umumiy daromadning 9 foizi aynan shu format orqali yigʻilgan[31]. Deadline Hollywood nashri shunday muammolarga qaramasdan Fox kompaniyasi natijadan mamnun ekanligini haqida bayonot berdi[30].

Dunyo boʻylab

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro miqyosda Labirintdagilar: Olov iskanjasida filmi jami 76 mamlakatda ommaga taqdim etilgan[32]. U AQShda premyera qilinishidan bir hafta oldin turli mamlakatlarda premyera qilinib, ilk haftasida 26.7 million dollar foyda keltirgan. Uning daromadi Uddalab boʻlmas topshiriq 5 filmidan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan[33]. Premyeraning ikkinchi haftasida filmni yana 41 ta kompaniya sotib olib jami 12,699 ta kinoteatrlarda namoyish etilib 43.2 million dollar foyda olgan[34]. Janubiy Koreyada film 804 ta kinoteatrda jami 7,2 million dollar daromad bilan 2015-yil hisobida Fox uchun Janubiy Koreyadagi eng katta premyera boʻlgab. Bu natija filmning ilk qismidan 41 foizga yuqoriroq edi[34]. Fransiya 8.5 million dollar bilan filmning chet mamlakatlar orasidagi eng yuqori daromadini qayd etdi[32][34][35]. Umumiy daromad boʻyicha filmga jahon miqyosida eng koʻp foyda olib kelgan mamlakatlar roʻyhatida Fransiya 25 million dollar bilan peshqadamlikni Janubiy Koreya 19 million dollar bilan ikkinchi oʻrinni qayd etgan boʻlsa, uchlikni Buyuk Britaniya 13,2 million dollar bilan yakunlab bergan[36].

Mukofotlar va nominatsiyalar roʻyxati
Yil Mukofot Turkum Qabul qiluvchilar Natija
2016 yil Peopleʼs Choice Awards [37] Favorite Action Movie Labirintdagilar:Olov iskanjasida Daʼvogarlik qildi
Favorite Sci-Fi/Fantasy Movie Daʼvogarlik qildi
Teen Choice Awards [38] Choice Movie- Action/Adventure Daʼvogarlik qildi
Choice Movie Actor: Action/Adventure Dylan O'Brien Gʻolib
Choice Movie Actress: Action/Adventure Kaya Scodelario Daʼvogarlik qildi
Choice Movie Chemistry Dylan OʻBrien va Thomas Brodie-Sangster Gʻolib
Choice Movie Villain Aidan Gillen Daʼvogarlik qildi

2015-yil mart oyida birinchi va ikkinchi film ssenariysini yozgan Nowlin trilogiyaning uchinchi qismini romanning uchinchi qismi Oʻlimga qarshi ga moslashtirgani tasdiqlandi[39]. Agar yana Ball filmga rejissyorlik qilsa, film ikki qismga boʻlingan holda chiqarilmasligini taʼkidlagan[40]. 2015-yil 9-iyul kuni suratga olish ishlari 2016-yilning fevralida boshlanishi eʼlon qilingan[41]. 2015-yil 16-sentyabrda Ball filmning uchinchi qismiga rejissyorlik qilish uchun qaytishi tasdiqlangan[42].

Asosiy suratga olish ishlari 2016-yilning 14-martida Kanadaning Vancouver shahrida boshlanishi rejalashtirilgan edi. Ammo kutilmaganda bosh rol ijrochisi Dylan OʻBrienning suratga olish paytidagi orttirib olgan ogʻir jarohati sabab[43] film 2017-yilning mart-iyun oylari orasida Janubiy Afrikada suratga olish uchun koʻchirildi. Film premyerasi esa 2018-yil 26-yanvarga qoldirilgan[44][45][46][47].

  1. Barker, Andrew „Film Review: 'Maze Runner: The Scorch Trials'“. Variety (2015-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 11-noyabr.
  2. „John Paesano to Return for 'The Maze Runner: Scorch Trials'“. filmmusicreporter.com (2014-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 25-noyabr.
  3. MAZE RUNNER: THE SCORCH TRIALS (12A)“. British Board of Film Classification (2015-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 4-sentyabr.
  4. McClintock, Pamela „Box-Office Preview: 'Maze Runner: Scorch Trials' Hopes to Sprint Past 'Black Mass'“. The Hollywood Reporter (2015-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 16-sentyabr.
  5. „Maze Runner: The Scorch Trials (2015)“. Box Office Mojo. Amazon.com. Qaraldi: 2016-yil 10-yanvar.
  6. Fleming. „Bullish On 'The Maze Runner', Fox Moves Ahead With 'The Scorch Trials'“. Deadline Hollywood (2013-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 1-sentyabr.
  7. Sims. „Fox moving forward on 'The Maze Runner' sequel 'The Scorch Trials'“. hypable.com (2013-yil 13-oktyabr). 2014-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-sentyabr.
  8. Kieffer. „Luxembourg Monster Designer Ken Barthelmey 'The Maze Runner' is the absolute jackpot“. wort.lu (2014-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 4-noyabr.
  9. 9,0 9,1 Kit. „'Game of Thrones' Actor to Play Villain in 'Maze Runner' Sequel (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (2014-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 30-sentyabr.
  10. Kit. „Rosa Salazar Nabs Key Female Role in 'Maze Runner' Sequel(Exclusive)“. The Hollywood Reporter (2014-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 30-sentyabr.
  11. Kit. „'Mud' Actor Joins 'Maze Runner' Sequel (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (2014-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 3-oktyabr.
  12. Blake, Emily (October 2, 2014). 'Breaking Bad' star Giancarlo Esposito joins 'Maze Runner' sequel“. Entertainment Weekly. Qaraldi: October 3, 2014.
  13. Kit. „'Game of Thrones' Actress Joins 'Maze Runner' Sequel 'Scorch Trials' (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (2014-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 23-oktyabr.
  14. The Deadline Team. „Katherine McNamara Books 'The Maze Runner 2′ & 'Indiscretion'“. Deadline Hollywood (2014-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 23-dekabr.
  15. Yamato. „Lili Taylor Joins Fox's 'The Maze Runner 2′“. Deadline Hollywood (2014-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 4-noyabr.
  16. Kit. „Barry Pepper Joins 'Maze Runner' Sequel 'Scorch Trials' (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (2014-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 4-noyabr.
  17. Sciretta. „The Maze Runner Sequel The Scorch Trials Concept Art Revealed [Comic Con 2014“]. slashfilm.com (2014-yil 25-iyul). Qaraldi: 2014-yil 1-sentyabr.
  18. 18,0 18,1 Nepales, Ruben V. „Fil-Am manages director of potential hit franchise“. Philippine Daily Inquirer (2014-yil 31-avgust). Qaraldi: 2014-yil 1-sentyabr.
  19. Gomez. „Scorch Trials in New Mexico“. ABG Journal (2014-yil 23-oktyabr). 2016-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-noyabr.
  20. „'Maze Runner: The Scorch Trials' Movie Set PHOTOS: Dylan O' Brien And Kaya Scoldelario Done Filming Sequel, Actor Heads To Wrap Party“. fashionstyle.com (2015-yil 27-yanvar). 2015-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-yanvar.
  21. Wentz. „'The Maze Runner' sequel 'The Scorch Trials' officially wraps filming“. hypable.com (2015-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 29-yanvar.
  22. „Sony Classical to Release 'The Maze Runner: The Scorch Trials' Soundtrack“. Qaraldi: 2015-yil 10-sentyabr.
  23. Dashner. „And like that's not cool enough, it's official: THE SCORCH TRIALS movie is coming September 18, 2015. Doesn't this look sweet: #ScorchTrials“. Twitter (2014-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 25-sentyabr.
  24. Busch. „'Maze Runner', 'Black Mass', 'Captive' & 'Everest' Debut in Box Office Mixed Bag – Preview“. Deadline Hollywood (2015-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 17-sentyabr.
  25. Brevet. „Forecast: Depp's Gangster Tale, a Young Adult 'Maze' and a Trip to 'Everest'“. Box Office Mojo. Amazon.com (2015-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 20-sentyabr.
  26. D'Alessandro. „'Maze Runner: The Scorch Trials', 'Black Mass', 'Everest' Start Their Weekend Climb With Thursday Previews – Update“. Deadline Hollywood (2015-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 18-sentyabr.
  27. McClintock. „Box Office: 'Maze Runner' Sequel Opens to 52.7M Thursday Night; 'Black Mass' Nabs 52.4M“. The Hollywood Reporter (2015-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 18-sentyabr.
  28. D'Alessandro. „'Scorch Trials' Runs Behind 'Maze Runner'; 'Black Mass' Bests 'B' Exit Poll – Saturday AM B.O. Update“. Deadline Hollywood (2015-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 20-sentyabr.
  29. 29,0 29,1 McClintock. „Box Office: 'Maze Runner' Sequel No. 1 With $30.3M; 'Black Mass' Scores $23.4M“. The Hollywood Reporter (2015-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 20-sentyabr.
  30. 30,0 30,1 D'Alessandro. „'Scorch Trials' Speeds Up Toward $30.3M Finish Line; Moviegoers Paying $23.4M To Whitey Bulger – First Sunday Update“. Deadline Hollywood (2015-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 20-sentyabr.
  31. Mendelson. „Weekend Box Office: 'Maze Runner 2' Opens Lower Than 'Maze Runner,' Tops 5600M Worldwide“. Forbes (2015-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 20-sentyabr.
  32. 32,0 32,1 Tartaglione. „'The Martian' Crosses 5718.5M Offshore; 'Pan' Serves Up Est. $20.4M – Intl B.O. Final“. Deadline Hollywood (2015-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 13-oktyabr.
  33. Tartaglione. „'Maze Runner: Scorch Trials' Ignites $26.7M; 'Rogue Nation' Tops With $91.4M, Crosses $600M WW – Intl B.O. Update“. Deadline Hollywood (2015-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 15-sentyabr.
  34. 34,0 34,1 34,2 Tartaglione. „'Scorch Trials' Heats Up $43.2M; 'Everest' Scales $28.8M – Intl Box Office Final“. Deadline Hollywood (2015-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 22-sentyabr.
  35. Busch. „'Hotel Transylvania 2,' 'The Intern' Bow Amidst Holdovers 'Everest' And 'Scorch Trials' – Intl Box Office“. Deadline Hollywood (2015-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 28-sentyabr.
  36. „Maze Runner: The Scorch Trials“. Box Office Mojo. Qaraldi: 2016-yil 23-mart.
  37. „2016 Winners and highlights“. CBS News (2016-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 7-yanvar.
  38. „Teen Choice Awards: Winners List“. The Hollywood Reporter (2016-yil 31-iyul).
  39. Busch. „'Maze Runner: The Death Cure' Sets T.S. Nowlin To Pen“. Deadline Hollywood (2015-yil 4-mart). Qaraldi: 2015-yil 10-mart.
  40. Sciretta. „'The Maze Runner' Finale 'The Death Cure' Won't Be Split into Two Movies“. slashfilm.com (2014-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 24-oktyabr.
  41. „The script for Death Cure is currently being worked on & will begin filming in February #ScorchTrials #ScorchSneakPeek“. Twitter (2015-yil 9-iyul). Qaraldi: 2015-yil 10-iyul.
  42. McNary. „Wes Ball Returning to Direct Third 'Maze Runner'“. Variety (2015-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 17-sentyabr.
  43. Hipes. Maze Runner Sequel Production Shut Down Indefinitely For Dylan O'Brien Recovery“. Deadline Hollywood (2016-yil 29-aprel). Qaraldi: 2019-yil 20-may.
  44. Busch. „'The Maze Runner: The Death Cure' Will Restart Production In February“. Deadline Hollywood (2016-yil 29-avgust). Qaraldi: 2016-yil 30-avgust.
  45. Bailey. „Maze Runner film production leaving B.C. for South Africa“. The Globe and Mail (2016-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 5-sentyabr.
  46. D'Alessandro. „Deadpool 2', 'New Mutants' & 'Dark Phoenix' Find 2018 Dates Among Fox's Slew of Release Changes & Additions“. Deadline Hollywood (2017-yil 22-aprel). Qaraldi: 2017-yil 23-aprel.
  47. Dave. „Steven Spielberg's Pentagon Papers Movie Re-Titled 'The Post'“. Variety (2017-yil 25-avgust). Qaraldi: 2017-yil 26-avgust.