Kontent qismiga oʻtish

Wes Ball

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Wes Ball

Ball 2024-yilda
Tavalludi 28-oktyabr 1980-yil (1980-10-28) (43 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi
  • Resijssyor
  • prodyuser
Faoliyat yillari 2002-yildan bugungacha

Wes Ball — Amerikalik kinorejissyor va prodyuser, 1980-yil 28-oktabrda dunyoga kelgan. U James Dashnerning „The maze runner“ asariga asoslangan Labirintdagilar film trilogiyasiga rejissyorligi, shuningdek qayta boshlangan Maymunlar sayyorasi qismlarini toʻrtinchi qismi boʻlgan Maymunlar sayyorasi qirolligi(2024) filmiga rejissyorliklari bilan mashhur.

Ball Crescent City High Schoolda taʼlim olib 1999-yilda tamomlagan. 2002-yilda Florida shtati kino sanʼati universitet kollejini bakalavr daraja bilan tamomlagan[1]. 2003-yilda u qisqa metrajli animatsion filmi uchun Talabalar Akademiyasi mukofotiga sazovor boʻlgan[2].

Ball Gollivud rejissyori sifatida oʻz ishini Ruin nomli qisqa metrajli animatsion filmni ishlashdan boshlab, 20th Century Fox eʼtiboriga tushib Labirintdagilar filmiga rejissyor sifatida taklif qilingan[3]. Labirintdagilar Ballning ilk badiiy filmi edi[4]. 34 million dollar budjet evaziga ishlangan film keyinchalik 348 million dollarlik kassa tushumiga ega boʻldi[5]. Film muvaffaqiyatidan soʻng Ball 20th Century Fox bilan hamkorlik shartnomasiga imzo chekgan[6].

Ball Daniyaning Mood Studios kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlangan Fall of Gods filmiga rejissyorlikka chaqirilgan[7].

2017-yilda Ball 20th Century Fox bilan hamkorlikdagi Gary Whitta va T. S. Nowlin ssenariysi va Matt Reeves, Ross Richie va Stephen Christy produyesligi bilan Mouse Guard filmiga rejissyorlik qilish uchun yollangan[8][9]. Filmni suratga olish 2019-yilning may oyida boshlanishi kutilgan edi, biroq oʻsha yil boshida Walt Disney Company Fox kompaniyasi egalik huqularini sotib olgandan soʻng, loyiha suratga olish boshlanishiga ikki hafta qolganida bekor qilingan[10][11].

2019-yil dekabr, Disney va Fox Ballni "Maymunlar sayyorasi" filmini yangi qismi boʻlgan „Maymunlar sayyorasi qirolligi“ filmini yozish va rejissyorlik qilish uchun yollashgan[12][13]. Yaqinda uning hamkorlik kompaniyasi OddBall Entertainment Paramount Picturesga koʻchib oʻtdi[14].

Qisqa metrajli filmlar

Yil Sarlavha Rejissyor Yozuvchi
2002 yil Jacob: Film Ha Ha
A Work in Progress Ha Ha
2011 yil Ruin Ha Ha

Badiiy filmlar

Yil Sarlavha Rejissyor Prodyuser
2014 yil Labirintdagilar Ha Yoʻq
2015 yil Labirintdagilar: Olov iskanjasida Ha Yordamchi
2018 Labirintdagilar: Oʻlimga qarshi Ha Ha
2024 yil Maymunlar sayyorasi qirolligi Ha Ha
  1. McKaig. „#1 Box Office film directed by FSU Film alum“. Florida State University College of Motion Picture Arts (2014-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 9-sentyabr.
  2. „Watch the Academy Award-Winning Short by 'The Maze Runner' Director Wes Ball“ (en-US). Film School Rejects (2014-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
  3. Bahr. „Wes Ball, Hollywood's new blockbuster visionary“. Associated Press (2015-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 25-noyabr.
  4. Taylor. „Film Review: 'The Maze Runner '“. Variety (2014-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 14-sentyabr.
  5. McNary. „Box Office: 'Maze Runner: The Death Cure' Dominates With $62.6 Million Internationally“. Variety (2019-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 25-noyabr.
  6. McNary. „'Maze Runner' Director Wes Ball Signs First-Look Deal With Fox“ (en). Variety (2016-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 18-oktyabr.
  7. Kit. „'Maze Runner' Director to Tackle Norse Mythology With 'Fall of Gods' (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (2015-yil 25-avgust). Qaraldi: 2015-yil 9-sentyabr.
  8. Fleming. „Fox Eyes Maze Runner's Wes Ball For Mouse Guard. Deadline Hollywood (2017-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 4-dekabr.
  9. Polito. „Exclusive: The Maze Runner Scribe T.S. Nowlin Tapped to Write Screenplay for Wes Ball's Mouse Guard. Omega Underground (2019-yil 6-aprel). Qaraldi: 2019-yil 4-dekabr.
  10. Kit. „Disney Scraps 'Mouse Guard' Two Weeks Before Production Set to Begin“. The Hollywood Reporter (2019-yil 17-aprel). Qaraldi: 2019-yil 25-noyabr.
  11. Marc. „Director Wes Ball Reveals Stunning Animation Test Footage From His Cancelled 'Mouse Guard' Movie“ (en-US). HN Entertainment (2019-yil 26-iyun). Qaraldi: 2019-yil 27-avgust.
  12. Kit. „New Planet of the Apes Movie in the Works With Maze Runner Filmmaker Wes Ball (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (2019-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 4-dekabr.
  13. „Daniel Dorrance Joins 'Planet of the Apes' Reboot For 20th Century Studios (EXCLUSIVE)“ (en). Discussing Film. Qaraldi: 2020-yil 17-fevral.
  14. Fleming. „Wes Ball Tethers His Oddball Entertainment Banner To First-Look Paramount Pictures Deal“ (en-US). Deadline (2021-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 23-yanvar.

[[Turkum:1980-yilda tugʻilganlar]] [[Turkum:Yashayotgan insonlar]]