Bu maqolada manbalar<ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring.
Ekip (fransuzcha: L'Équipe) — Fransiyaning milliy kunlik sport gazetasi. Gazetaning nomi oʻzbek tiliga „Jamoa“ deb tarjima qilinadi. Nashriy siyosati birinchi oʻrinda futbol, regbi, motosport va velosportlarni yoritishga qaratilgan. Gazetaning birinchi soni 1946-yilda chiqarilgan boʻlib, yangi nashriyotning tarkibi asosan fransuzcha: L'Auto gazetasidagi jurnalistlardan tarkib topdi. Shuni aytiz joizki, L’Auto gazetasi 1903-yilda oʻtkazilgan Tur de Frans velosiped poygasi tashkilotchisi hisoblangan. 1919-yilda tashkil qilingan poyga lideridagi sariq maykaning rangi esa L’Auto gazetasining rangiga qiyosan qilib ishlangan.
Ikkita eng koʻp sotilgan gazeta tiraji 1998-yilning 13-iyulida Fransiya terma jamoasi futbol boʻyicha Jahon chempionatini yutganidan soʻng, 1 645 907 nusxada sotilgan va 2000-yil 3-iyulda Fransiya terma jamoasi Yevropa chempionati gʻolibi boʻlganidan soʻng, 1 255 633 nusxada sotilgan.