Kurttepe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kurttepe
Mahalla
Skyline of Kurttepe
37°3′31.000″N 35°16′0.001″E / 37.05861111°N 35.26666694°E / 37.05861111; 35.26666694 G OKoordinatalari: 37°3′31.000″N 35°16′0.001″E / 37.05861111°N 35.26666694°E / 37.05861111; 35.26666694 G O
Mamlakat Turkiya
Mintaqa Çukurova
Hukumat
Bekir İşlek[1]
Rasmiy til(lar)i turk
Aholisi
 (2014-yil)
5 916 kishi
Vaqt mintaqasi UTC+2
Telefon kodi 0-322
Kurttepe xaritada
Kurttepe
Kurttepe

Kurttepe — (inglizcha: neighborhood) Adana shahrining Chukurova tumanidagi mahalla hisoblanadi. Mahalla shaharning shimoliy chekkasida, Seyhan koʻli boʻyida joylashgan.

Boshqaruvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kurttepe mahalla boʻlib, uni Muhtorlar va Kattalar Kengashi boshqaradi.

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kurttepe aholisi 2014-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra 5916 kishini tashkil etadi.

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kurttepe — shahar shimolga kengayganidan keyin mahalla sifatida shaharga qoʻshilgan sobiq qishloq hisoblanadi. Mahalladagi asosiy muassasa Tüyap koʻrgazma zali va Seyhan tadqiqot kasalxonasidir.

Transport tizmi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adana Metro Anadolu Lisesi bekati (muqobil ravishda Kurttepe stansiyasi sifatida tanilgan) mahalladan bir kilometr janubda bunyod etilgan.

Adana shahar munitsipaliteti avtobus boʻlimi (ABBO) Adana shahar markazidan Kurttepe mahallasidagi Seyhan tadqiqot kasalxonasiga avtobus yoʻnalishlariga ega. № 159 avtobus Kurttepeni markaziy temir yoʻl vokzaliga, eski shaharga va Shakirpasha aeroportiga bogʻlaydigan 35 daqiqalik intervalli xizmat turi hisoblanadi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Çukurova Belediyesi“. 25-avgust 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-noyabr 2015-yil.
  2. „159 S.UYGULAMA HAS. - HAVALİMANI Otobüs Güzergah ve Durakları - Adana Büyükşehir Belediyesi“. 2015-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-oktabr 2015-yil.

Andoza:City of Adana