Kuril Bobteyli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kuril Bobteyli - bu Rossiyaning Kuril orollari, shuningdek, Saxalin oroli va Rossiyaning Kamchatka yarim oroli yashovchi mushuk turlaridan kelib chiqqan mushuk zoti hisoblanadi[1][2]. Bu mushuk turi qisqa yoki uzun yungli, qisqa va kalta tana, yumshoq dumiga egadir. Orqa oyoqlari old oyoqlaridan bir oz uzunroq boʻlib, xuddi Manxnikiga oʻxshaydi. Bu zot shuningdek, Kuril Bobteyl orollari va Curilsk BobteylK deb ham ataluvchi joylarda yashashlari mumkin. Baʼzan bu joylar manbalarda Kurilean deb ham keltirilgan[3]. Bu mushuk turlarining tabiiy zotlari kalta sochli boʻlib, ular orollarda 200 yildan buyon istiqomat qilishadi.Tanlab oʻstirilgan uy hayvonlari sifatida ular SSSRda va maʼlum darajada Evropaning boshqa qismlarida, ayniqsa kemiruvchilarni ovlash qobiliyatlari tufayli XX asrning oʻrtalaridan beri mashhur boʻlgan.

Kuriliyalik mahalliy aholi Xalqaro mushuklar assotsiatsiyasi (XMA) tomonidan kalta va yarim uzun sochli bu zotni juftlik guruhi sifatida eʼtirof etishdi, ammo "Ilgʻor yangi zotlar" maqomiga ega emas deb hisoblashdi[4].Butunjahon mushuklar federatsiyasi (BMF) ularni yagona zot sifatida tan oladi, lekin Cat Fanciers' Association (CFA) bu mushuk zotini umuman tan olmaydi.

Kuril Bobteyli turi Yapon Bobteyli zoti bilan chambarchas bogʻliq bo'lsa-da ikkalasi ham bir xil egilgan, kalta dumga ega, ammo Yapon Bobteyli ingichka va kichkina Kurilian Bobteyli esa Evroosiyoning qarama-qarshi tomonida joylashgan[5][6]. Shuningdek, Gʻarbiy Rossiya va Finlandiyada ham Kurilian Bobteyl deb nomlangan bu esa Yapon Bobteyli bilan qarindosh boʻlmasligining bir dalili boʻla oladi. Faqatgina genetika tadqiqotlari oxir-oqibatda zotlarning boshqalar bilan aloqasini koʻrsatishi mumkin. Yapon bobteyllari va kalta dumli Mankslar bir-biridan uzoqdagi orollarda mustaqil ravishda paydo boʻlganidek, Kuriliyaning bu mushuk zoti Kuril va Saxalin orollarida keng tarqalgan va izolyatsiya qilingan spontan mutatsiyasi boʻlishi mumkin.

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu mushuklarning yangi turi boʻlib, oʻzining hududidan tashqarida yaxshi maʼlum emas. Garchi u Rossiyaning eng sharqiy nuqtasidan Yaponiyaning Xokkaydo orolining uchigacha choʻzilgan Kuril orollari deb nomlanuvchi orollar zanjirida uzoq tarixga ega boʻlgan vatani Yaponiya boʻlsa-da. Bu mushuk zotlari Kuril bobteyli yoki Kurilsk bobteyl sifatida ham tanilgan, chunki Kuril orollari Rossiyaga tegishli boʻlganligi sababli, bu zot yapon bobteylidan alohida va ajralib turadigan rus aborigen zoti sifatida tanilmoqda va targʻib qilinmoqda. Bu mushuk zotining kelib chiqishini bir nechta versiyalari mavjud. Zotning asosiy kelib chiqishi yaponiyalik bobteyl mushuklarining Kuril orollariga dengizchilar tomonidan olib kelingan Sibir mushuklari bilan aralashmasidan (chatishmasidan) hisoblanadi. U 1994-yilda WCF tomonidan qabul qilingan.

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yovvoyi tabiatda bu mushuk zoʻr baliqchi va ovchi boʻlib, bu Kuriliyaliklar nima uchun suv bilan yaxshi munosabatda boʻlishini tushuntirishi mumkin. Kuriliyalik mushuk zotlarining yovvoyi koʻrinishi zotning temperamentida aks etmaydi. U oʻzining aqlli va yumshoq tabiati bilan mashhurdir.

Bu mushuk turi asosan xilma-xilligi, bundan tashqari, oʻziga xos "pom-pom" bukilgan, qisqa dumi bilan mashhur. Bu mushuk turlari qisqa va yumshoq dumlari bilan mashxurdir. Bu turning umurtqalari bir oz uzun, bundan tashqari orqa oyoqlari old oyoqlaridan bir oz uzunligi bilan ajralib turadi[5]. Bu turning yuz tuzilishi muskulli, yumaloq va keng yuz tuzilishiga egadir[5]. Koʻzlarining rangi palto rangiga mos keladi[5]. Sariq, yashil va sariq-yashil ranglarda ularning koʻzlari porlaydi. Yarim uzun yungli va qisqa yungli kuriliyaliklar mavjud. Uning kamdan-kam uchraydigan xislatlaridan biri shundaki, atiga 2 yoki 3 ta nasil qoldirishi . Bu mushuk turlarining eng keng tarqalganlari - qizil, kulrang va chiziqlarga ega mushuklardir[5]. Kurilian bobteylining umri 15 yildan 20 yilgacha boʻladi, chunki ularning zoti tabiatda ancha rivojlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „TICA Kurilian Bobtail Breed Introduction“. TICA.org. op. cit. (2011). 2012-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-noyabr.
  2. „Kurilian Bobtail Breed Group (KB/KBL)“. TICA.org. The International Cat Association (TICA) (2008). 2011-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-dekabr.
  3. „Kurilean Bobtail Longhair/Shorthair: KBL/KBS“. FIFeWeb.org. Fédération Internationale Féline (FIFe) (2010-yil 1-yanvar). 2017-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-dekabr.
  4. „TICA-Recognized Cat Breeds“. TICA.org. op. cit. (2011). 2014-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-noyabr.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 „Kurilian Bobtail Breed Group (KB/KBL)“. TICA.org. The International Cat Association (TICA) (2008). 2011-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-dekabr. "Kurilian Bobtail Breed Group (KB/KBL)" (PDF). TICA.org. Harlingen, Texas: The International Cat Association (TICA). 2008. Archived from the original (Wayback Machine saytida 2011-11-01 sanasida arxivlangan) (PDF) on 2011-11-01. Retrieved 2011-12-12.
  6. „Japanese Bobtail Breed Group (JB/JBL)“. TICA.org. op. cit. (2009). 2011-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-dekabr.