Kuchaytirgich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kuchaytirgich (texnikada) -kuchlanish, quvvat va boshqalarni oʻzatadigan yordamchi manba energiyasidan foydalanib kuchaytiradigan qurilma. Foydalaniladigan energiya turiga qarab elektr, magnit, gidravlik, pnevmatik va mexaniq K.lar boʻladi. Bu turdagiqurilmalarning oʻzgartgichlardan far-qi, K.da chiqayotgan va kirayotgan signallar orasidagi aloqa uzluksiz va bir xil ishorali boʻladi. Elektromagnit toʻlqin energiyasini oshiradigan, elektr impulyelarini kuchaytiradigan, asosiy mexanizmning taʼsir ku-chini oshiradigan K.lar bor. K. avtomatika, telemexaniqa, hisoblash va oʻlchash texnikasi, radioelektronika va aloqadagi qurilmalarning , shuningdek, ish mashinalari (elektroenergetika, mashinasozlik, transportdagi) yuritmalarining asosiy elementlaridan biri (yana q. Dielektrik kuchaytirgich, Ibikon, Impulslar texnikasi, Kvant generator, Kvant kuchaytirgich).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil