Kvant kuchaytirgich
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kvant kuchaytirgich - uygʻongan atom, molekula va ionlarning majburiy nurlanishi hisobiga radiodiapazondagi elektromagnit toʻlqinlarni kuchaytiradigan qurilma. 1956-yilda AQSH da oʻta yuqori chastotali elektromagnit toʻlqinlar va tebranishlarni kuchaytiruvchi paramagnit kristallardan yasalgan kvant kuchaytirgichlar yaratildi. K.k.ning ishi atomdagi elektronlar energiyasining kvant mexanika qonunlariga asosan oʻzgarishiga bogʻliq. Shuning uchun erkin elektronlari oqimi klassik mexanika qonunlariga boʻysunuvchi oddiy kuchaytirgichlardan, lampali kuchaytirgichlardan farq qiladi. K.k.larda ishtirok etuvchi paramagnit ionlarning soni oʻzgarmaganligi sababli ularda miqdoriy oʻzgarish shovqini boʻlmaydi. U past temperaturada ishlanganligi tufayli uning issiqlik shovqini kichik (shovqin, asosan, spontan — oʻz-oʻzidan nurlanish bilan bogʻliq), sezgirligi juda yuqori. K. k.larda elektromagnit toʻlqin faol muhitdan oʻtib uygʻongan faol markaz hisobiga oʻz energiyasini koʻpaytiradi. K.k.ning boshqa kuchaytirgichlardan afzalligi — xususiy shovqinlarining pastligi va yuqori darajada sezgirligidir. K.k.lari radiofizika qurilmalari harakteristikalarining turgunligi, sezgirligi, quvvatini oshiradi, optikada oʻta kuchli monoxromatik yorugʻlik manbai hosil qiladi. Ulardan muhitning yorugʻlik taʼsirida oʻzgarishini oʻrganishda, rangli va hajmiy tasvirlarni olishda, tibbiyotda, nozik koʻz operatsiyalarini amalga oshirishda, texnikada hisoblash mashinalari elementlarini tuzishda, materiallarni qayta ishlashda, aloqa va lokatsiya maqsadlarida, kimyoviy reaksiyalarni boshkarishda va xalq xoʻjaligining turli soqalarida foydalaniladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |