Kubango

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kubango, Okanango — Afrikadagi daryo. Angola, Namibiya va Botsvana hududlaridan oqadi. Oʻz. 1600 km, havzasining maydoni 800 ming km² atrofida. Angola hududidagi Biye yassitogʻligidan boshlanadi, yuqori qismida serostona. Kalahari ichki oqim oblastida botqoqli delta hosil qilib tugaydi. Deltasining jan. tarmogʻi Ngami koʻliga, shim. vaqt-vaqti bilan Kvando daryosiga kuyiladi. Botletle tarmogʻi esa Makgadikgadi botigʻidagi botqoqliklarni suv bilan toʻyintiradi. Asosiy irmogʻi — Kvito (chapdan). Yozgi yomgʻirli mavsumlarda toshadi. Oʻrtacha suv sarfi 255 m³/sek.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil