Ksanten tinchlik sulhi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ksanten tinchlik sulhi (nemischa: Vertrag von Xanten) — Kleves merosini taqsimlashga doir shartnoma. Brandenburg saylovchi-gertsogi va Neuburg Pfalzgrafi- yaʼni boshqaruvchisi oʻrtasida 1614-yil 12-noyabrda tuzilgan. Shartnoma lozim darajada bajarilmagan. Natijada avj olgan nizo oʻttiz yillik urush mobaynida ham davom etgan va 1666-yildagina tugagan.

Sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1609-yilda Vilgelm V ning yagona oʻgʻli va Jyulich-Kliv-Berg gersoglarining soʻnggi avlodi Iogann farzandsiz vafot etgach, uning merosi boʻyicha ikki protestant knyazlari: Noyburg pfalsgraf, Iogann Vilgelmning singlisi Annaning eri Filipp Lyudvig hamda Iogann Vilgelmning jiyani, katta opasi Mariya Eleonora va Gertsog Albrext-Fridrixning qizi prussiyalik Annaning eri Brandenburg kurfyursti Iogan III Sigismund oʻrtasida nizo kelib chiqdi. Iogan Vilgelmning kichik singillarining daʼvolari Jülich-Kliv-Bergni teng qismlarga boʻlish edi. Bu bilan boshqa merosxoʻrlarining daʼvolari eʼtiborga olinmagandi.

Gabsburglar ushbu vaziyatdan foydalangan holda Muqaddas Rim imperiyasining shimoli-gʻarbiy qismidagi mazkur strategik ahamiyatga ega yerlarni oʻz nazoratiga olishga urunishdi. Shundan soʻng Kliv merosi uchun urush avj olib ketdi. Noyburg manfaatlarini Filipp Lyudvigning toʻngʻich oʻgʻli Volfgang Vilgelm himoya qildi. U 1613-yilda katolik diniga mansublikni qabul qildi va shu bilan Katolik Ligasi va Ispaniyaning yordamini olishga erishdi (eʼtiqodining oʻzgarishiga qaramay, Anna Yulich-Kliv-Berg oʻgʻlining nuqtainazarini maʼqulladi[1][2]. Keyinchalik mojaroga Gollandiya Respublikasi va Fransiya ham aralashdi.

Natijasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1614-yil 12-noyabrda Ksantenda tuzilgan shartnomaga koʻra, Kliv gersogliklari hamda Mark va Ravensberg grafliklari Brandenburg margrafligiga, Yulix-Berg va Berg gersogliklari Pfalz-Neuburg ixtiyoriga oʻtkazildi. Bundan tashqari, merosxoʻrlarning har biri oʻzlariga meros boʻlib tekkan qismini ikkala merosxoʻr nomidan boshqarishlari kerak edi.

Ikkala tomon ittifoqchilari bahsli yerlardan oʻz qoʻshinlarini olib chiqishdan bosh tortdi. Natijada Ksanten shartnomasi bajarilmay qoldi. Shunday qilib, Kleves gersogligining katta qismi 1672-yilgacha Gollandiya Respublikasi armiyasi tomonidan bosib olindi. Ambrosio Spinola qoʻmondonligi ostidagi ispan qoʻshinlari asosiy istehkomlardan biri — Veselni topshirishdan bosh tortdi[3]. Jülich-Kleve-Berg grafligi uchun kurash Oʻttiz yillik urush davrida ham davom etdi va 1666-yil 19-sentabrda Klevda Filipp Lyudvigning nabirasi, Noyburg pfalsgrafi Filipp Vilgelm va a Brandenburg kurfyursti, Iogann Sigismundning nabirasi Fridrix Vilgelm oʻrtasida kelishuv imzolanishi bilan yakunlandi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Anna von Kleve Pfalzgraefin von Neuburg“ (de). hagen-bobzin.de. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-dekabr.
  2. {{{заглавие}}}.
  3. {{{заглавие}}}. — Andoza:Бсокр.