Kristin Fraser

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kristin Fraser
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Kristin Fraser
Davlat Ozarbayjon Ozarbayjon
Oldin vakil boʻlgan AQSH bayrogʻi AQSh
Boʻyi 165
Sherigi Igor Lukanin
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 173.95
Qisqa dastur 33.02
Erkin dastur 87.26

Kristin Fraser (talaffuzi: Kristin Freyzer; 1980-yil 29-fevral, Palo-Alto, AQSh) — Igor Lukanin bilan juftlikda Ozarbayjon jamoasi safida muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan figurali uchuvchi. Ilgari Amerika Qoʻshma Shtatlari vakili boʻlgan. Kristin Fraser havaskor sport faoliyatini 2009-yilda yakunlagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kristin Fraser va Igor Lukanin 2008-yilda „Trophee Eric Bompard“ turnirida

Kristin Fraser Amerika Qoʻshma Shtatlari jamoasi safida avval Jonathan Nicols, keyin Piter Kongkasem bilan juftlikda musobaqalarda qatnashgan, ammo sezilarli darajadagi muvaffaqiyatga erisha olmagan.

Kristin Fraser 2000—2001-yilgi mavsumda Ozarbayjon vakili boʻlgan Igor Lukanin bilan juftlikda musobaqalarda chiqish qila boshladi va Ozarbayjon fuqaroligini oldi. Juftlik „Zagrebning Oltin Konkisi“ turnirida qatnashdi va yettinchi oʻrindan joy oldi. Ular 2002 va 2006-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi.

2001—2002-yilgi Ozarbayjon milliy chempionatida Fraser va Lukanin juftligi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. 2002—2003-yilgi huddi shu chempionatda juftlik yana gʻalaba qozongan holda oltin medal sohibiga aylandi.

Fraser / Lukanin juftligi 2004—2005-yilgi Ozarbayjon milliy chempionatida kattar toifasida qatnashib gʻalaba qozondi. Bu juftlik Yevropa chempionatidagi eng yaxshi yutuqlariga 2007-yilgi jahon chempionatida 7-oʻrindan, 2008-yilgi chempionatda esa 11-oʻrindan joy olganda erishgan.

2008-yil may oyida sportchilar 2010-yil Vankuverda boʻlib oʻtgan Olimpiada oʻyinlaridan soʻng sportdagi faoliyatini tugatishni rejalashtirganliklarini eʼlon qilishgan[1]. Biroq, juftlik 2009-yilgi Jahon chempionatida qatnashdi ammo, 18-oʻrinni egallab, Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmadi va havaskor faoliyatini tugatishga qaror qildi[2][3].

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yildan keyin[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Lukanin bilan)

Musobaqa 2001/2002 2002/2003 2003/2004 2004/2005 2005/2006 2006/2007 2007/2008 2008/2009
Qishki Olimpiya oʻyinlari 17 19
Jahon chempionatlari 15 13 16 13 14 16 11 18
Yevropa chempionati 14 10 9 9 7 10 9
Ozarbayjon chempionati 1 1 1
Gran-pri bosqichlari: Trophee Eric Bompard 6 6
Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 5
Gran-pri bosqichlari: Skate America 5
Gran-pri bosqichlari: Cup of Russia 7
Gran-pri bosqichlari: Cup of China 5 4
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 4
Carl Schefer xotirasi 2
Zagrebning Oltin Konkisi 1

2004-yilgacha[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Lukanin bilan)

Musobaqa 2000/2001 2001/2002 2002/2003 2003/2004
Qishki Olimpiya oʻyinlari 17
Jahon chempionatlari 19 15 13 16
Yevropa chempionati 16 14 10
Ozarbayjon chempionati 1 1 1
Gran-pri bosqichlari: Skate America 6
Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 7 7
Gran-pri bosqichlari: Trophee Eric Bompard 7
Zagrebning OltinZagrebning Oltin Konkisi 2 5
Nebelhorn Trophy 5 4 4

(Darlen bilan)

Musobaqa 1998/1999 ㅤ 1999/2000 ㅤ
Jahon chempionatlari 30
Yevropa chempionati 22
Nebelhorn Trophy 6
Carl ScheferCarl Schefer xotirasi WD
Skate Israel 4
  • WD = musobaqadan chiqib ketgan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]