Kontent qismiga oʻtish

Kordova katta masjidi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kordova katta masjidi (ispancha: Mezquita de Córdoba) - Kordova Ispaniyadagi meʼmoriy yodgorlik. Jahondagi qad. eng yirik masjidlardan biri. Asrlar davomida barpo etilgan boʻlib, har gal kengaytirib borilgan. Binoning asosiy oʻzagi — masjidning hozirgi shim.-gʻarbiy qismi (11 nefli, 12 ravokli) 786 yilda qurilgan. Aholi soni tez oʻsib borayotgan poytaxt uchun masjid kichiklik qilgani sababli 961—966-yillar jan. tomon kengaytirilgan. Marmar ustunlar bilan bezatilgan baland minora qad koʻtargan. Ikki qoʻshimcha va 8 nefli yagona bino qurilgan. 987—88-yillar masjid sharq tomon qarata kengaytirilgan. Shu tarzda u oʻzining katta umumiy tarhi (22 250 m2)ga ega boʻlgan. Har bir kengaytirilish davomida minoralar koʻrinishidagi 2 qavat ravoklar qurilmasi saqlanib qolgan. Tuzilishida arab meʼmorligi anʼanalari mujassam. Katta zali 19 nefli, 600 dan ortiq ustunlar joylashtirilgan. 2 qavatli ravoqlar ustunlar qatoriga tayangan (baʼzi ustunlar Vizantiya va boshqa joylardan keltirilgan). Ravoqlarning 1-qatori taqasimon, 2-qatori yoysimon bezaqli boʻlib, ular ravoqning mutanosibligiga boʻysungan. Gumbaz osti bagʻallari 3 va 5 qatlamli, doirasimon shakldagi murakkab tuzilishga ega boʻlib, oʻzaro ravoqlar bilan kesishgan. Bagʻal va ravoqlar girix handasiy naqshlar bilan bezatilgan. Kordova katta masjidim.ning yon tomonida xristian kapellasi (XIII asr) vujudga kelgan. Kordova katta masjidim. ispanmagʻrib meʼmoriy yoʻnalishidagi oʻziga xos uslubga egadir.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil