Kontent qismiga oʻtish

Konstitutsiya mahallasi (Toshkent)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Konstitutsiya

Konstitutsiya mahallasi
Mahalla
Mamlakat O'zbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Yakkasaroy
Ilk eslatilishi Guberbog'
Avvalgi nomlari Rakat, Turkiston
Qachondan beri mahalla 1991
Aholisi
3 100 (2 009)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 (71)
Avtomobil kodi 01

Konstitutsiya“ mahallasi (Mirshoxid Miroqilov koʻchasi, 43) — Yakkasaroy tumanidagi mahalla. „Turkiston“, "Bobur", „Tepa“, „Yunus Rajabiy“ mahallalari bilan chegaradosh. Mahalla 1920-yillarda „Guberbogʻ“, „Rakat“, „Turkiston“ kabi nomlar bilan atalgan, keyinchalik „Konstitutsiya“ nomi berilgan (1991).

Aholisi 3100 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi (2009). Mahalla hududida Toshkent pedagogika universiteti, "Oʻzqurilish materiallari", "Oʻzyengilsanoat" aksiyadorlik kompaniyalari, Bobur nomidagi nadaniyat va istirohat bogʻi, akademik litsey, 2 ta restoran, 2 ta oziq-ovqat doʻkoni, 10 dan ortiq oshxona bor.

Mahalla guzarida Ramz Bobojon nomi bilan ataluvchi kutubxona ochilgan (2003)[1].

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.