Konstantin Stanislavskiy
Konstantin Sergeyevich Stanislavskiy (Alekseyev) (1863.1.1 — Moskva — 1938.7.8) — aktyor, rejissyor, pedagog: teatr nazariyotchisi. Xalq artisti (1936). Peterburg Fanlar akademiyasining faxriy akademik Rus teatrining yirik islohotchisi. 1898-yil (Vladimir Nemirovich-Danchenko bilan) Moskva Badiiy akademik teatriga asos solgan. Teatr ijodiy faoliyatini boshlab berishi bilan sahna realizmi rivojlanish bosqichini ham boshlab, jahon geatriga katta taʼsir etdi (qarang Stanislavskiy sistemasi). Anton Chexov, Maksim Gorkiy pyesalarini saxnalashtirib, Stanislavskiy va Nemirovich-Danchenko rejissyorlik va aktyorlik sanʼatining yangi yoʻllarini ochdi. "Doktor Shtokman" (Genrik Ibsen)da Doktor Shtokman, "Tubanlikda" (Maksim Gorkiy) Satin, "Vanya togʻa" (Anton Chexov)da Astrov, "Uch opasingil" (Anton Chexov)da Vershinin, "Akdlilik balosi" (Aleksandr Griboyedov)da Famusov, "Har toʻkisda bir ayb" (Aleksandr Ostrovskiy)da Krutitskiy kabi rollari klassik dramaturgiya imkoniyatlarini ochishga ijtimoiy teran yondashish namunasi boʻldi. 1918-yildan Katta teatrning opera studiyasi (keyinchalik Stanislavskiy nomidagi opera teatri)ni boshqargan. "Yevgeniy Onegin" (Pyotr Chaykovskiy), "Shoh qalligʻi" (Nikolay Rimskiy-Korsakov) kabi operalarni sahnalashtirgan. 1935-yil Operadramatik studiyasini tashkil etdi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |