Konstantin Galchenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mixail Denisov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Konstantin Vladimirovich Galchenko
Tavallud sanasi 1974-yil 23-iyun
Tavallud joyi SSSR, Temirtau
Boʻyi 1.78 sm
Ampluasi himoyachi va yarim himoyachi

Konstantin Vladimirovich Galchenko (1974-yil 23-iyun, SSSR Temirtau) — sovet va qozogʻiston futbolchisi, himoyachi va yarim himoyachi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konstantin Vladimirovich Galchenko Temirtau futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 16 yoshida Galchenko mahalliy „Bulat“ jamoasi tarkibida SSSR ikkinchi quyi ligasi chempionatida oʻz debut oʻyinlarini boshlagan. Keyingi yili Qozog'iston chempionatida klub safida umumiy hisobda 27 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urishga muvaffaq boʻladi. 1993-yilda Galchenko Leonid Konstantinovich Ostroushko boshchiligidagi Qozogʻiston olimpiya terma jamoasining sobiq tayanch klubi boʻlgan Olmaotaning „Dinamo“ klubi tarkibiga oʻtadi. 1994-yilda Serik Jeylitboyev bilan birgalikda uchinchi Rossiya ligasida oʻyinlarini „Sibir“ jamoasi tarkibida oʻtkazadi. Keyingi mavsumning birinchi ligasida futbolchi Ostroushko qoʻl ostida Sankt-Peterburgning „Saturn-1991“ jamoasida oʻyin olib boradi.

1996-yilda Galchenko Rossiya Premer-ligasining „Chernomorets Novorossiysk“ jamoasiga taklif qilinadi, ushbu jamoa tarkibida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib boradi, ammo pasportidagi ayrim muammolar tufayli klubning asosiy tarkibiga kira olmaydi. Futbolchi uchinchi ligadan Ostroushko boshchiligidagi boshqa bir klubi — Orexovo-Zuyevoning „Orexovo“ klubiga oʻtadi. Klubga transfer hujjatlarini kutish paytida Galchenko mahalliy KFK „Ximik“ jamoasida oʻyinlarini olib boradi. Kelasi yilning oxirigacha Galchenkoga ushbu klub tarkibida oʻz oʻyinlarini davom ettirish uchun turar-joy, propiska va Rossiya fuqaroligi vaʼda qilingan boʻlsa-da, Galchenko Ostroushko jamoasidan keyin Namanganning „Navbahor“ jamoasiga joʻnab ketadi.

Namanganning „Navbahor“ klubidan keyin Galchenko Qozogʻistonga qaytib, oliy ligadagi „Tobol“ klubida (2001—2002) oʻyin oʻtkazadi, 2002-yildagi oʻyinlar mobaynida 2 qizil va 7 sariq kartochka[1] oladi. Keyinchalik Galchenko Taldi-Qoʻrgʻonning „Jetisu“ jamoasida (2003-2004) va birinchi ligada Temirtauning „Bulat-MSK“ (2004), Rudniyning „Ayat“ (2005), Jitikarning „Asbest“ jamoalarida toʻp turadi (2005-2006).

1996-yilda Atlantada boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari uchun oʻtkaziladigan kvalifikatsion turnirda oʻz oʻyinlarini oʻtkazgan.

2006—2013-yillarda Qoʻstanay viloyati hokimligi jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli „Bolalar va oʻsmirlar futbol maktabi“ shahar davlat muassasasida murabbiy boʻlib faoliyat olib borgan[2][3].

2013—2017-yillarda Kostanayning „Tobol“ sport klubi direktori boʻlgan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • O‘zbekiston chempionatining bronza medali sovrindori (2 karra);
  • Qozoiston chempionatining bronza medali sovrindori;
  • O‘zbekiston kubogi g‘olibi;
  • O‘zbekiston Superkubogi sohibi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]