Kongo (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kongo
Aerial view of the Congo River near Kisangani.jpg
Tavsif
Uzunligi 4 700 km
Suv sarfi 41 800 m³/s
Joylashuvi
CongoLualaba watershed plain political.png
Davlat Angola, Kongo Demokratik Respublikasi, Kongo Respublikasi va Zambiya
Vikiomborda "Kongo" nomli sahifa mavjud


Kongo yoki Zair (kongo tili: Nzâdi Kôngo, fransuzcha: Fleuve Congo, portugalcha: Rio Congo),— Ekvatorial Afrikadagi daryo. Oʻz. 4320 km, havzasining maydoni 3691 ming km², yillik suv sarfi 1450 km3. Sersuvligi jihatidan Afrikada 1-, dunyoda 2-, 3-oʻrinlarda (Amazonka va Paranadan keyin). K. Katanga qirlaridan 1430 m balandlikdan boshlanadi va Boyoma sharsharasigacha Lualaba deb ataladi. Daryo Atlantika okeaniga quyiladi. Yirik ir-moqlari: oʻngdan Lufira, Luvua, Aukuga, Aruvimi, Itimbiri, Mongala, Ubangi, Sanga; chapdan — Lomami, Lulonga, Ruki, Kasai. K. irmoqlari orqali Mveru, Bangveulu, Tanganika koʻllari bilan, Roʻzizi daryosi orqali Kivu koʻli bilan tutashgan. K.ning Lualaba qismi yassitogʻlik va platolar orasidan, Boyoma sharsharasidan Kinshasa shahrigacha (1700 km) tekislikdan oqadi. Kinshasa bilan Matadi shaharlari orasida 70 ga yaqin ostona va sharsharalar (Livingston ostonalari) hosil qilgan. Matadidan oʻtgach, dengiz boʻyi pasttekisligida oqadi (bu yerda daryo oʻzanining kengligi 1–2 km, chuqurligi farvaterida 25–30 m). Estuariysining kengligi oʻrta qismida 19 km. K., asosan, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Quyi oqimida yillik oʻrtacha suv sarfi 46 ming m’/sek. (maksimal 75 ming m’/sek., minimal 23 ming m³/sek.). Quyi va oʻrta oqimida may—iyunda va noyabr— dekabrda, yuqori oqimida noyabr— dekabrda suvi koʻpayadi. Daryo yiliga 50 mln. t oqiziq keltiradi. K. va uning irmoqlaridagi suv yoʻllarining oʻz. 20 ming km. Gidroenergiya zahirasiga boy. K. va uning irmoqlarida baliqning koʻplab turi yashaydi. K. havzasida yirik daryo va koʻl portlari: Bukama, Kongolo, Kabalo, Kisangani, Kinshasa, Brazzavil; dengiz portlaridan — Matadi, Boma va Banana joylashgan. K.ning kuyilish yerini 1482-yilda portugaliyalik dengizchi D. Kan, Lualabani 1771-yilda D. Livingston, K.ning koʻp qismini 1876—77 yillarda G. Stenli tadqiq qilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil