Konditsioner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Konditsioner - 1) havoni moʻʼtadillash agregati; ventilyator, havoni isitkich, havoni sovitkich va havo filtrlaridan iborat. Mustaqil, nomustaqil va yetkazib beruvchi K., markaziy (obʼyektdan uzoqroqqa oʻrnatiladi), mahalliy (obʼyektning oʻziga yoki uning yaqiniga oʻrnatiladi) turlari bor. Mustaqil K.da sovitish mashinasi yoki sovitish mashinasi va Elektr havo isitkichi boʻladi, boʻlardan tashqari elektr dvigatelli sovitish kompressorlari, bugʻlatkich-havo sovitkich, kondensator, havo filtri, elektr dvigatelli ventilyatorlar, sovitish mashinasi ishini avtomatik rostlash, xona ichidagi havoni bir meʼyorda avtomatik toʻtib turish asboblari bor. Nomustaqil K.da sovuq, va issiq havo tashqi manbadan keladi. Yetkazib beruvchi K.da havo markaziy K.dan berilib, sovuq va issiq (sovuq va issiq suv) tashqi manbadan beriladi; uning ventilyatorli va ejektorli turlari bor. Suvni bugʻlatib havo sovitiladigan bugʻlatkichli K. ham ishlab chiqariladi. Mustaqil K.ning ish unumdorligi soatiga 450—16000 m3, nomustaqilniki — 1500—500000 m3 havo. K. turar joy, jamoat, sanoat va qishloq xoʻjaligi binolari, vagonlar, samolyotlar va boshqalarda qoʻllaniladi; 2) donlarga gidrotermal ishlov beradigan apparat; bunda un mayin tortiladi va sifati yaxshilanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil