Ventilyator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ventilyator (lot. ventilo — puflayman, esaman, silkitaman) — havo yoki gazlarni haydovchi yoki soʻruvchi qurilma. Odatda, V. havo yoki gazni 0,15 MPa gacha bosim bilan haydaydi yoki soʻradi. Asosiy ish elementi motor va parrakli gʻildirakdan iborat. Binolar va shaxtalar havosini tozalash, q.x. mahsulotlari (don, paxta, pichan) ni quvur orqali uzatish, donni tozalash, saralash va quritishda qoʻllaniladi. V. ning haydovchi, soʻruvchi va aralash xillari boʻladi. Ishlash tarziga koʻra, havo oqimi oʻq boʻylab yoʻnalgan yoki oʻqaviy V. va markazdan qochma V. ga boʻlinadi. Oʻqaviy V. silindrik kojux 5, parrakli gʻildirak, kollektor, kirayotgan havoni yoʻnaltiruvchi apparat, chiqayotgan havoni yoʻnaltiruvchi apparat va uyurma . Markazdan qochma V.da parrak aylanganda havo oqimi kollektordan parrak kanallariga kiradi va markazdan qochma kuch taʼsirida spiral shaklidagi kojux Z ichiga oʻtib, chiqish teshigiga haydaladi. Hosil qiladigan bosimiga qarab, V. lar uch turga boʻlinadi: a) past bosimli (100 mm suv ust. dan past) — donni saralash va tozalash hamda kombayn V. lari; b) oʻrtacha bosimli (100 mm dan 300 mm gacha suv ust.) — pichan uchun moʻljallangan; v) yuqori bosimli (300 mm dan 1500 m gacha suv ust.) — don uchun moʻljallangan. Xonalarni shamollatish uchun moʻljallangan V. lar, koʻpincha, yumshoq parrakli qilib ishlab chiqariladi. Qayerda ishlatishga moʻljallanganligiga qarab, V. lar sanoat va maishiy xillarga boʻlinadi. Sanoat V. lari sanoat korxonalari, shaxtalar, metropoliten yoʻlaklari va b. joylarda, maishiy V. lar turar joy binolari, jamoat binolari, uy-joylar, idoralar va b. joylarda qoʻllaniladi. V. lar devorlar ichiga, shiplarga oʻrnatiladi; stol ustiga va polga qoʻyiladigan V. lar ham boʻladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil