Komiljon Nasriddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Komiljon Nasriddinov
Tavalludi 1-yanvar 1961-yil (1961-01-01) (63 yosh)
Qorakoʻl tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Taʼlimi Toshkent politexnika instituti
Ilmiy darajasi fizika-matematika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Komiljon Raxmatovich Nasriddinov (1961-yil 1-yanvar, Qorakoʻl tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Komiljon Nasriddinov 1961-yil 1-yanvar Qorakoʻl tumanidagi Jigʻachi qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan[1]. Otasi Nasriddinov Raxmat, onasi Shukurova Ochilgul tumandagi Buxoro kolxozida dehqon boʻlib ishlashgan. 1968—1978-yillarda shu qishloqdagi Gʻafur Gʻulom nomidagi 49-sonli oʻrta maktabda tahsil olgan. 1978—1983-yillarda Toshkent politexnika instituti injener-fizika fakultetida oʻqigan[1]. Oʻz mehnat faoliyatini 1983-yili Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Elektronika institutida stajyor-tadqiqotchilikdan boshlagan. 1984—2000-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti Nazariy fizika laboratoriyasi katta laboranti, kichik ilmiy xodimi, ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi va yetakchi ilmiy xodimi, 2000—2003-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti Yadro fizikasi kafedrasi mudiri, 2003—2010-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Fizika va astronomiya oʻqitish metodikasi kafedrasi professori, 2010—2014-yillarda Toshkent viloyati davlat pedagogika instituti va 2014—2015-yillarda Buxoro davlat universiteti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori, 2015—2020-yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Fizika va astronomiya oʻqitish metodikasi kafedrasi professori lavozimida faoliyat yuritgan[1]. 2020-yildan Chirchiq davlat pedagogika universiteti Fizika kafedrasi professori lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilali, 3 nafar farzandi bor.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1987—1990-yillarda Yadro Tadqiqotlari birlashgan instituti (Rossiya Federasiyasi, Dubna shahri) Nazariy Fizika Laboratoriyasida stajyor-tadqiqotchi va aspiranti[1]. 1991-yilda „Слабые распады лептона и бариона в рамках феноменологических хиральных лагранжианов“ mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini, 1999-yilda esa „Слабые распады очарованных частиц и лептона в хиральной модели“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida himoya qilgan. 100 dan ortiq ilmiy maqolalar hamda oʻquv qoʻllanmalar muallifidir. Oʻzbek tilidan tashqari rus, ingliz va tojik tillarida erkin soʻzlasha oladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 

Andoza:OʻTOE