Kontent qismiga oʻtish

Komil Ferxanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Komil va familiyasi Ferxanov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Komil Ferxanov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Komil Abdulboriyevich Ferxanov
Tavallud sanasi 5-sentyabr 1964-yil
Tavallud joyi Dushanbe, Tojikiston SSR, Sovet Ittifoqi
Vafot sanasi 17-iyun 2021-yil(2021-06-17)
(56 yoshda)
Vafot joyi Ulyanovsk, Rossiya
Boʻyi 1.70 m
Ampluasi Hujumchi, yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1979—1980 ROSM (Dushanbe)
1981 Pomir
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1982—1985 Pomir 21 (0)
1986 FC Iskra Smolensk 22 (3)
1987 Pomir 0 (0)
1987 Vaxsh (Qoʻrgʻontepa) 16 (2)
1988 FC Iskra Smolensk 17 (0)
1989 Xoʻjand Leninobod 39 (10)
1990—1991 Regar Tursunzoda 85 (41)
1992 Navbahor 19 (12)
1992—1996 FC Turbostvroitel Kaluga 108 (26)
1997 GBK Kokkola 11 (3)
1998—1999 Volga Ulyanovsk 57 (12)
2002—2003 Istra (Kaluga)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Komil Abdulboriyevich Ferxanov (1964-yil 5-sentyabr, Dushanbe — 2021-yil 17-iyun, Ulyanovsk) — sovet va rus futbolchisi, hujumchi va yarim himoyachi.

Dushanbe futboli tarbiyalanuvchisi. 1982-yilda u „Pomir“ jamoasi tarkibida birinchi ligada debyut qildi, ammo toʻrt mavsumda bor-yoʻgʻi 21 ta oʻyinda maydonga tushib, asosiy oʻyinchiga aylana olmadi. U Tojikiston SSR yoshlar terma jamoasida oʻynagan, 1983-yilda Krossing turnirining ramziy jamoasiga kirgan, ushbu turnirning ikki karra gʻolibi hisoblanadi (1980, 1983)[1].

Keyinchalik u Smolenskning „Iskra“ va „Vaxsh“ (Qoʻrgʻon-tepa) jamoalarida oʻynadi. 1987-yilda u Dushanbening „Pomir“ jamoasiga qaytidi, biroq bor-yo‘g‘i bitta kubok o‘yinida maydonga tushdi. SSSR chempionatining soʻnggi mavsumlarida u „Xoʻjand“ va „Regar-TadAZ“ jamoalarida SSSR ikkinchi ligasida oʻynadi va yuqori oʻyin koʻrsatishi bilan ajralib turdi. 1990-yilgi mavsumda 19 ta, 1991-yilgi mavsumlarda esa 22 ta gol urgan.

SSSR parchalanganidan soʻng u Oʻzbekiston Oliy ligasi vakili Namanganning „Navbahor“ jamoasiga oʻtdi. Mustaqil Oʻzbekiston chempionatining birinchi mavsumida 19 ta oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urdi. Komil Oliy ligada toʻp surgan dastlabki legioner futbolchilardan bir boʻldi. 1992-yil mavsum soʻngida u Rossiya chempionatiga koʻchib oʻtdi va birinchi liganing „Turbostroitel“ (Kaluga) jamoasiga oʻtdi. Kaluga jamoasi safida besh yil oʻynadi. Jamoasi safida 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi. 1995-yilda u 11 ta gol bilan uchinchi liga zona turnirining eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 1997-yilda „GBK Kokkola“ jamoasi uchun Finlandiya ikkinchi divizionida oʻynagan. Ulyanovsk „Volga“ futbolchining soʻnggi professional klubiga aylandi.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatini tugatgandan soʻng, u Ulyanovskda yashagan, biznes bilan shugʻullangan. Uylangan, ikki qizi bor edi.

U 2021-yil 17-iuyn kuni Ulyanovskda futbol oʻynab yurganida yurak xurujidan vafot etdi[2].