Kombinatsion layoqat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kombinatsion layoqat - oʻsimlik liniyalari yoki navlarining duragay kombinatsiyalarda oʻzaro birikib, u yoki bu belgi va xususiyatlar turlicha ifodalangan avlod (Gʻ,) berish qobiliyati. Kombinatsion layoqatni aniqlash — koʻpgina qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarida geterozisam amalga oshirishga karatilgan seleksiyaning muhim bosqichidir. Umumiy va xususiy Kombinatsion layoqat farqlanadi. Umumiy Kombinatsion layoqat oʻrganilayotgan navning barcha duragaylaridagi geterozisning oʻrtacha kattaligi bilan oʻlchanadi va genlarning additiv (jamlangan) taʼsiri tufayli yuzaga chiqadi. Xususiy Kombinatsion layoqat kutilgan oʻrtacha samaradan chetlangan baʼzi kombinatsiyalar bilan oʻlchanib, genlarning noadditiv oʻzaro taʼsirlari tufayli vujudga keladi (qarang Dominantlik, Epistaz).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil