Kolja Afriyie

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kolja Afriyie
Afriyie FC Midtjylland safida, 2008-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 6-aprel 1982-yil (1982-04-06) (42 yosh)
Tavallud joyi Flensburg, Germaniya
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-1998 DGF Flensborg
1998—2000 Hamburger SV
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
0000-2000 Hamburger SV II
2000—2004 AC Horsens 14 (0)
2004—2006 Esbjerg fB 54 (4)
2006—2010 FC Midtjylland 100 (4)
2010—2011 Energie Cottbus 15 (0)
2011—2014 FC Midtjylland 58 (0)
Milliy terma jamoa
2002—2003 Germaniya U21 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Kolja Afriyie (talaffuzi: Kolya Afiye; 1982-yil 6-aprelda tugʻilgan) — sobiq nemis futbolchisi, oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan. Gana va Germaniya pasportiga ega.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Flensburgda oʻsgan Kolja Flensburgdagi bolalar bogʻchasiga borgan. Futbol bilan shugʻullanib, Daniya DGF Flensborg jamoasiga qoʻshildi. 1998-yilda Hamburger SV yoshlar akademiyasiga qoʻshildi, ammo 2000-yilda shartnoma „ishlash sabablari“ va maktabdagi muammolar tufayli yana bekor qilindi[1].

2001-yilda Daniyaga koʻchib oʻtdi va AC Horsens bilan shartnoma imzoladi. Horsensda dastlab oʻrinbosarlar jamoasi aʼzosi boʻldi. Tez orada asosiy jamoaga koʻtarildi va yaxshi oʻyinlar koʻrsatdi[2]. 2004-yilning yozida Afriyie Daniya Superliga klubi Esbjerg fBga oʻtdi. Uning Esbjergdagi faoliyatidagi eng yaxshi oʻyini Intertoto kubogida „Schalke 04“ ga qarshi oʻyinda boʻlgan[3]. 2006-yilda Herningdagi Superliga vakili Midtjyulland klubiga oʻtdi. 2008-yil 28-oktyabrda yangi shartnoma imzoladi va shartga koʻra FC Midtyullandda 2011-yilning 30-iyuniga qadar qolishi kerak edi. 2010-yil 22-iyunda „Midtjyulland“ klubini tark etdi va Germaniyaga qaytib, „Energie Cottbus“ bilan shartnoma imzoladi[4]. Faqatgina bir yil oʻtgach, Kolja shartnomasini buzdi va klubni tark etdi[5]. Bir oz vaqt oʻtgach, „Midtyulland“ klubiga qaytdi. 2014-yil may oyida Afriyie 32 yoshida faoliyatini yakunladi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afriyie Shlezvig-Golshteyn jamoasida oʻynagan[6]. Murabbiy Kohler 2002-yil 12-avgustda Afriyieni Grosseto shahrida Italiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun Germaniya U21 terma jamoasiga taklif qilgan[7]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasi Ganadan, onasi nemis, Kwaku Afriyiening ukasi. Kolja Afriyie Flensburgda tugʻilgan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Müller. „Afriyie über Dänemark zum DFB“ (olmoncha). kicker online. Olympia Verlag GmbH (15-avgust 2002-yil). Qaraldi: 12-fevral 2015-yil.
  2. Müller. „Afriyie über Dänemark zum DFB“ (olmoncha). kicker online. Olympia Verlag GmbH (15-avgust 2002-yil). Qaraldi: 12-fevral 2015-yil.
  3. „Kolja Afriyie“ (datcha). FC Midtjylland (21-avgust 2006-yil). Qaraldi: 22-fevral 2012-yil.
  4. „Zweijahresvertrag für Takahito Soma“ (olmoncha). kicker.de (22-iyun 2010-yil). Qaraldi: 22-fevral 2012-yil.
  5. „Adlung kennt kein Pardon“ (olmoncha). kicker online. Olympia Verlag GmbH (22-iyul 2011-yil). Qaraldi: 12-fevral 2015-yil.
  6. Müller. „Afriyie über Dänemark zum DFB“ (olmoncha). kicker online. Olympia Verlag GmbH (15-avgust 2002-yil). Qaraldi: 12-fevral 2015-yil.
  7. „Afriyie und Schlicke die einzigen Neuen“ (olmoncha). kicker online. Olympia Verlag GmbH (15-avgust 2002-yil). Qaraldi: 12-fevral 2015-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]