Kontent qismiga oʻtish

Kojiki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kojiki(yaponcha 古事記, Qadimgi ishlar haqidagi qaydlar) - tarixiy va afsonaviy antologiya.

Kojiki “Qadimgi ishlar haqidagi qaydlar712 yil

Kojiki asarining yaratilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nara davrida davlat tuzumini tartibga solish va mustahkamlash uchun birinchi yozma yodgorliklar yaratiladi. Ularning ichida eng birinchisi – “Kodziki” tarixiy afsonaviy to’plam. U imperator Tommu Ono Yasumaroning yaqin kishisi, saroy katta amaldori tomonidan yozilgan. 751 yilda noma’lum shoir tomonidan tuzilgan “Kayfuso” xitoy she’rlari to’plami. Unga yapon shoirlari tomonidan xitoy tilida yozilgan she’rlar kiritilgan. Bu to’plamning 64 ta muallifidan 18 tasi (boshqa ma’lumotlarda esa – 21 ta) “Manyoshu” antologiyasining mualliflari bo’lishgan, ularning orasida taniqli shoir Otomo Tabito va boshqa shoirlar bor. Bunday to’plamning paydo bo’lishi xitoy maktab ta’limining keng tarqatilganligi bilan bog‘liq. Nara davrida, VIII asrda, saroy amaldorlaridan alohida bilim darajasi talab qilingan va bu davrda ular eng o’qimishli odamlar bo’lishgan. Katta e’tibor xitoy adabiyoti]]ni, ayniqsa, she’riyatni, o’rganishga berilgan. She’riyatni o’rganish bu birinchi navbatda she’r yoza olishini bildirgan, bu adabiy ta’limning talablaridan biridir.Xitoy she’rlarining to’plami paydo bo’lgan. Ko’pchilik she’rlarda Lao-szi va Chjuanszining, ya’ni daosizm g‘oyalarining ta’sirini uchratish mumkin. Ularda yana konfutsiy dinining qarashlarini ko’rish mumkin. She’rlarda buddizm ohanglarini ham uchratish mumkin. To’plamning uchdan bir qismini dabdabali ziyofatlar,olqishi va tabrik qo’shiqlari egallaydi hamda imperator buyrug‘i bilan yaratilgan she’rlar ko’p. Ba’zi she’rlar va ayrim obrazlar “Manyosyu” qo’shiqlari bilan o’xshab ketadi, biroq adabiy harakatning umumiy oqimi uchun to’plam muhim ma’no kasb etgan. Xitoy adabiyotining ta’siri ancha kechroq sezilgan. VIII asrning ikkinchi yarmida yaratilgan “Manyoshu” katta she’riy antologiyasi birinchi adabiy yodgorlik bo’lib qolgan. Har xil tarixiy qatlamlar, xilma-xil ijtimoiy tabaqalar va hududiy o’rab olinish, o’zining mazmuni, mavzusi, uslubi bo’yicha har xil bo’lgan bu yodgorlik o’z davri adabiy hayotining to’liq aksi va adabiy harakatning rivojlanishidir. Uning paydo bo’lishi Nara davri yapon she’riyatining gullab yashnashini aks ettirgan.

  1. Shuichi Kato. A History of Japanese Literature (The First Thousand Years) ISBN4-7700-2934-9., 2002
  2. Мухтаров Т. Гулямов И. - Литература Японии. Т., 2009
  3. Кодзики (Записи о деяниях древности) Свиток1-й, Мифы Пинус Евгений Михацлович «Шар» Санкт-Петербург 1994г.