Imo-ishora tili
Imo-ishora tili - qoʻl, tana turli harakatlari va b. xil imo-ishoralar yordamida fikr almashuv, aloqa qilish. Imo-ishora tilidan quyidagilar foydalanadi:
- kar-soqov va koʻzi ojiz karsoqovlar. Kar-soqov bolalar doirasida beixtiyor, hech bir tayyorgarliksiz yuzaga keladigan fikr almashuv tizimidan kodlashtirilgan (barcha savodli karsoqovlar uchun umumiy boʻlgan) Imo-ishora tili farqlanadi;
- tovushlarga asoslangan til yordamida bir-birini tushunishning iloji boʻlmagan vaziyatlarda, mas, uzoq qardosh boʻlgan til vakillari (Shim. Amerika indeyslari, Avstraliyaning tub aholisi va b.);
- tovushlar yordamidagi nutqqa tabu eʼlon qilingan holatlarda, mas, rohiblarning bir toifasi, Kavkazdagi baʼzi xalqlarning ayollari va b.[1]
Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |