Koʻkorol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

KoʻkorolOrol dengizi (Qozogʻiston Respublikasi)dagi orol. Maydoni 273 km². Eng baland joyi 163 m (Dovud togʻi). K. gʻarbdan sharqqa yoʻnalgan, oʻz. 45 km. Paleogen (yuqori eotsen)ning mergel va qumli gillar, yuqori qismida kvarsli qumlardan tashkil topgan. Orol dengizining sayozlanib borishi tufayli K. gʻarbda Qoratup ya.o. bilan ham qoʻshildi. Natijada Orol dengizining shim. qismi ("Kichik dengiz") ajralib qoldi. Sirdaryo endi shu "Kichik dengiz"ga quyilmokda. K.da bir yillik shoʻralar, qora saksovul, yulgʻun tarqalgan. Shamol taʼsirida eol qum relyefi shakllari — barxan va doʻng qumlar tarkib topgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil