Koʻkaldosh (mansab)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻkaldosh — oʻrta asrlarda Turonda dargohdagi oliy mansablardan biri.

Buxoro xonligida[tahrir | manbasini tahrirlash]

KoʻkaldoshBuxoro xonligida mamlakat ichki xavfsizligini taʼminlash ishlari bilan shugʻullanuvchi amaldorning mansabi[1]. Buxoro xonligida koʻkaldoshning vazifasi mamlakat ichkarisidagi tartibni nazorat qilish, millat va davlat hamda oliy hukmdor xavfsizligini taʼminlashdan iborat boʻlgan. Unga koʻplab xoʻfiylar muntazam ravishda xizmat qilib turgan[2]. Koʻkaldosh mansabi oliy hukmdor dargohining eng ishonchli kishilaridan hisoblanib, unga topshirilgan vazifalar ham shu qadar nozik va masʼuliyatli boʻlgan. Mazkur maqomga ega shaxsning yana bir vazifasi mamlakatda oliy hukmdor olib borayotgan siyosatning daxlsizligi, unga kishilarning munosabatlari bilan bogʻliq yumushlardan iborat boʻlgan. Bu mansab biror bir davrda Abdullaxon II davridagidek yuqori darajada boʻlmagan. Turon tarixidagi eng qudratli koʻkaldosh Qulbobo Koʻkaldosh boʻlgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Jumanazar 2017, s. 310.
  3. Zamonov 2018, s. 30—37.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Jumanazar A. K. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592 bet. ISBN 978-9943-4728-2-2. 
  • Zamonov A. T. Oʻrta asr tarixiy shaxslari hayotining ayrim nomaʼlum sahifalari (Toʻldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr). Toshkent: Bayoz, 2020 — 168 bet. ISBN 978-9943-5624-6-2. 

Ilmiy maqolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Zamonov A. Buxoro xonligining yirik davlat va jamoat arbobi Qulbobo Koʻkaldosh // Oʻzbekiston tarixi. — Toshkent, 2018. — Andoza:Бсокр.