Yanszi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Koʻk daryodan yoʻnaltirildi)
Yangtze
Tavsif
Uzunligi 6 300[1]
Suv sarfi 31 900 m³/s
Joylashuvi
Davlat Xitoy
Yanszi


Yanszi yoki Yangtze, Chanszyan, Yanszitszyan, Koʻk daryo — Yevrosiyo materigidagi eng uzun va sersuv daryo, Xitoyda. Uzunligi 5800 km, havzasining mayd. 1808,5 ming km². Tibet togʻligidan, 5300 m balandlikdagi muzliklardan boshlanadi va delta hosil qilib (mayd. 80 ming km²) Sharqiy Xitoy dengiziga quyiladi. SinaTibet togʻlarida chuqur daralardan sharshara va ostonalar hosil qilib oqadi. Bu qismida oqim tezligi katta. Daryo oʻrta oqimida Sichuan soyligi va burmali tizmalarni kesib oʻtgan. Kengligi 300–600 metr, daralardan oʻtgan joyida 120–200 m, chuq. 80–110 m. Quyi qismida Szyanxan tekisligi va Buyuk Xitoy tekisligining jan. qismidan oqadi. Bu qismida daryo bir necha tarmoklarga boʻlinib, kengligi 2 km gacha yetadi. Oʻzani qingʻirqiyshiq, orol va sayoz joylari koʻp. Asosiy irmoqlari: Yalunszyan, Mintszyan, Szyalinszyan, Xanshuy. Daryo vodiysida koʻl koʻp. Duntinxu va Poyanxu koʻllari daryo suvi oqimini tartibga solib turadi. Oʻrtacha suv sarfi 34 ming m³/sek., rejimi mussonli, yoz oylarida tekislik qismida suv sathi 10 m gacha qoʻtariladi. Daryo quyilishidan 700 km masofagacha dengiz suvi koʻtarilishi seziladi. Ya. har yili uning suviga sargʻish rang beruvchi 280—300 mln. t loyqa oqizib keltiradi (yevropaliklar bergan "Koʻk daryo" nomi haqiqatga yaqin emas). Daryodan sholipoyalarni sugʻorishda keng foydalaniladi. Suv taqsimlovchi inshootlar va suv omborlari qurilgan. Ya. — Xitoyning eng muhim suv yoʻli. SinaTibet togʻlari etagidan 2850 km masofada kema qatnaydi. Uxan shahrigacha dengiz kemalari kira oladi. Daryo havzasidagi suv yoʻllarining umumiy uz. 17 ming km. Ya. boʻyida Chunsin, Uxan, Nankin, deltasida Shanxay shahrilari joylashgan.




  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)