Koʻkorol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'koroldan yoʻnaltirildi)

KoʻkorolOrol dengizi (Qozogʻiston Respublikasi)dagi orol. Maydoni 273 km². Eng baland joyi 163 m (Dovud togʻi). Koʻkorol gʻarbdan sharqqa yoʻnalgan, oʻz. 45 km. Paleogen (yuqori eotsen)ning mergel va qumli gillar, yuqori qismida kvarsli qumlardan tashkil topgan. Orol dengizining sayozlanib borishi tufayli Koʻkorol gʻarbda Qoratup yarim orol bilan ham qoʻshildi. Natijada Orol dengizining shimoliy qismi ("Kichik dengiz") ajralib qoldi. Sirdaryo endi shu "Kichik dengiz"ga quyilmokda. Koʻkorolda bir yillik shoʻralar, qora saksovul, yulgʻun tarqalgan. Shamol taʼsirida eol qum relyefi shakllari — barxan va doʻng qumlar tarkib topgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil