Knos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Knos (Knoss) — Shim. Kritning markaziy qismida joylashgan qad. shahar. Egey madaniyati markazlaridan biri. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxirlaridan podsholikning poytaxti. K. podsholari miloddan avvalgi 16— 15-asr larda Krit ilk quldorlik davlatining oliy xukmdorlari boʻlgan. Zilzila (miloddan avvalgi 1470), yongʻin (miloddan avvalgi taxminan 1380) natijasida vayron boʻlgan. Ingliz arxeologi A. J. Evans tomonidan olib borilgan arxeologik qazilmalar (1900—30) natijasida K. xukmdorlarining saroyi ochilgan va "xoʻjalik arxivi" — yozuvli jadvallar topilgan. K. axeylar tomonidan bosib olingach (miloddan avvalgi 15-asr 2-yarmi), tanazzulga uchragan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil