Kiyev gʻori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kiyev gʻoriSamarqand viloyatining Chaqilkalon togʻlaridagi gʻor. 1975 yilda kiyevlik gʻorshunoslar tomonidan oʻrganilgan. Gʻorning kirish qismi dengiz sathidan 2398 m balandlikda. Qirqtov yassi balandligining gʻarbiy shemila, voronkasimon shakldagi Kattakoʻl botigʻi ostidan boshlanadi va yer qaʼriga 940 m gacha tushgan. Gʻor ichida pastga tomon bir nechta tik va nishabli yoʻlakchalar almashinib boradi. Uning barcha qismidagi devorlaridan suv tomchilari oqib turadi. Gʻorning eng tubida chuq. 10 m, diametri 1,5 m li koʻl mavjud. Oʻlchamlari: tik tushgan joylari uz. 3 m dan 90 m gacha, nishabli qismlarining uz. 30–250 m, eni 1— 1,5 m.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil