Kitob o'qib beruvchi
Asl nomi | Der Vorleser |
---|---|
Muallif(lar) | Bernhard Shlink |
Tarjimon(lar) | Mirzaali Akbarov |
Mamlakat | O'zbekiston o'zbekcha |
Til | O'zbek |
Janr(lar)i | Roman |
Nashriyot | Yangi asr avlodi |
Sahifalar soni | 160 |
Veb-sayt | https://asaxiy.uz/uz/product/bernhard-shlink-kitob-uqib-beruvchi |
Kitob oʻqib beruvchi (nemischa: Der Vorleser </link>) – nemis huquq professori va sudyasi [./Https://en.wikipedia.org/wiki/Bernhard_Schlink Bernhard Shlink] tomonidan 1995 yilda Germaniyada va 1997 yilda AQShda nashr etilgan roman. Asar urushdan keyingi nemis avlodlari Holokostni tushunishda duch kelgan ziddiyatlari haqida boradi.
Shlinkning kitobi oʻz vatanida va boshqa davlatlarda ham yaxshi qabul qilindi va bir qancha mukofotlarga sazovor boʻldi. U Germaniyada 500 000 nusxada sotilgan va 2007 yilda televideniyada oʻtkazilgan soʻrovnomada nemis kitobxonlarining sevimli 100 kitobi orasida 14-oʻrinni egallagan [1] U 1998 yilda Germaniyaning Hans Fallada mukofotiga sazovor boʻldi va The New York Times eng koʻp sotilgan kitoblar roʻyxatida birinchi oʻrinni egallagan birinchi nemis kitobi, deb eʼlon qildi. U 45 xil tilga tarjima qilingan va xolokost adabiyoti, nemis tili va nemis adabiyoti boʻyicha oʻquv dasturlariga kiritilgan. 2008-yilda Devid Xare tomonidan moslashtirilgan va Stiven Daldri rejissiyorlik qilgan xuddi shu nomdagi film ham suratga olingan. Film besh marta Oskar mukofotiga nomzod boʻldi, Keyt Uinslet Xanna Shmits obrazi uchun gʻolib boʻldi .
Asar mazmuni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qahramonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Maykl Berg: Avval 15 yoshli bola, keyinchalik huquq sohasi boʻyicha mutahasis sifatida tasvirlanadi. Ajrashgan va 1ta qizi bor, Yuliya. Koʻpgina oʻz avlodi vakillari singari, u ham mamlakatining tarixi doirasida ziddiyatlarga duch kelgan.
- Hanna Shmits: Osventsimning sobiq qoʻriqchisi . 36 yoshda. Savodsiz. Tramvayda chipta sotuvchisi boʻlib ishlaydi. Maykl bilan munosabatlarida dominant pozitsiyani egallaydi.
- Sofi: Mayklning maktabda oʻqiyotgan doʻsti va uni sevib qolgan boʻlishi mumkin. Doʻstlik rishtalari boshlanganida, u Hanna bilan boʻlgan munosabatlarini inkor etib, Sofi va boshqa doʻstlari bilan boʻlish uchun Hanna bilan boʻlgan vaqtini qisqartirib, „xiyonat“ qila boshlaydi.
- Mayklning otasi: falsafa professori. Natsistlar davrida u Spinoza haqida maʼruza oʻqiganligi uchun ishidan ayriladi. Oʻzini va oilasini piyoda yurish boʻyicha qoʻllanmalar yozish orqali boqishga majbur boʻladi. U juda rasmiy, bolalari bilan ham uchrashuv belgilab koʻrishishni talab qiladi. Maykl voqeani aytib berayotganda, uning otasi vafot etgan.
- Mayklning onasi: qisqa obraz. Mayklda onasi haqida yaxshi xotiralar mavjud va bu onalik muhabbati Hanna bilan munosabatlarini qayta uygʻotadi.
- Yahudiy ayol: Osventsimdan oʻlim marshidan omon qolgani haqida yozgan. Nyu-York shahrida yashaydi.
Adabiy detallar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uslub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shlinkningruhiyati tarqoq; u Rut Franklin aytganidek, „bir vaqtning oʻzida fosh qiluvchi va sir tutuvchi muzdek muzdek – tiniqlik“ bilan yozadi[2]. Bu holat syujetning asosiy holat kechinlamarini toʻgʻridan-toʻgʻri ochilishi misolida yaqqol namoyon boʻladi: " Ertasi kuni kechqurun men uni sevib qoldim "[3]. S.Lillian Kremerning fikricha, uning qisqa boblari va soddalashtirilgan detektiv romanlari realizmni oshiradi[4]. Shlinkning asosiy mavzusi – uning avlodi va, albatta, Uchinchi Reyxdan keyingi barcha avlodlar natsistlarning jinoyatlari va jinoyat oqibatlari bilan qanday kurashganligi va qabul qilishdagi ziddioyatlari[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Unsere Besten“, ZDF, October 31, 2007, accessed January 21, 2011.
- ↑ Franklin 2010, pp. 201–202.
- ↑ The Reader, p. 27.
- ↑ Kremer, S. Lillian. Holocaust Literature: Lerner to Zychlinsky, index. Taylor & Francis, 2003. ISBN 9780415929844.
- ↑ The Reader, p. 181.