Kitob al-ansob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kitob al-ansob
Muallif(lar) Abdulkarim ibn Muhammad as-Sam’oniy
Tarjimon(lar) Abdulgʻafur Razzaqov va Komiljon Rahimovlar
Til arabcha
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2017-yil

Kitob al-ansob (Nasabnoma, Nasablar haqida kitob) – tarixiy asar. Muallifi Abdulkarim ibn Muhammad as-Sam’oniy (1113–1167) boʻlib, asar Movarounnahr va Eron mamlaktlari allomalari va mashhur kishilariga bagʻishlangan[1]. Asarda VIII–XII asrlarda yashab oʻtgan Oʻrta Osiyolik allomalar haqida keng maʼlumotlar keltirilgan. Kitob al-ansob asarida olimning ismi, kelib chiqishi, tugʻilgan va yashagan joylari, tavallud va vafoti, ilmdagi qilgan ishlari va ustozlari toʻgʻrisida maʼlumot beriladi. Asarda yozilgan barcha kishilar tarixiy shaxslar hisoblanadi. Asarning yana bir asosiy tomonlaridan biri joy nomlarining keltirilganligidir. Asarda Buxoro tarixi bilan bogʻliq shaxslar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar keltirilgan. Jumladan, Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani Gʻishti qishlogʻi toʻgʻrisida ham maʼlumot keltirilgan. Aynan Ibrohim Muhammad al-Gʻishtiy shu qishloqda yashagan[2]. Kitob al-ansob asarida Buxoro tumanida joylashgan Zarmanoq qishlogʻi haqida maʼlumotlar boʻlib, qishloq Zarmanox deb keltirilgan va aynan shu qishloqda Abu Abdullo Muhammad Zarmonoxiy nomli olim yashagan. Asarda Abu Bakr Ahmad Bonobiy, Abu Tolib Abdulla Bonobiy, Abu Abdullo Husayn Bonobodiy kabi olimlar shaxsiyati toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirilgan. „Kitob al-ansob“ asarining ikki marotaba arabcha matni nashr qilingan. Asar bosh qismi 1835-yilda Vyustenfeld, toʻla qismi esa 1912-yilda D. S. Margolius tomonidan chop etilgan. Asarning bundan tashqari Bayrut nashri ham mavjud[1]. Kitob al-ansob asari 2017-yillarda Abdulgʻafur Razzaqov va Komiljon Rahimovlar tomonidan oʻzbek tiliga nashr qilingan[3].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Тўраев 2023, s. 42.
  2. Тўраев 2023, s. 43.
  3. ас-Самъоний 2017, s. 3.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Тўраев Ҳ. Бухоро тарихи ёзма манбалари. Бухоро: Durdona, 2023 — 204 bet. 
  • Абу Саъд Абдулкарим ибн Муҳаммад ибн Мансур ат-Тамимий

ас-Самъоний. Насабнома, Тошкент, 2017 — 201 bet.