Kirsten Oswald

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kirsten Frances Oswald (1972-yil 21-dekabrda Xitoyda tug'ilgan) [1] Shotlandiya milliy partiyasi (SNP) siyosatchisi. Oswald birinchi marta 2015-yilda Sharqiy Renfrewshir uchun Buyuk Britaniya parlamenti a'zosi (MP) etib saylandi; 2017-yilgi snap election saylov da lavozimidan bo'shatildi, ammo keyinchalik, 2019-yilgi saylov da qayta saylandi. Oswald 2020-yildan 2022-yilgacha SNP parlament partiyasi ning boshqaruvchisi, shuningdek, 2018-yildan 2023-yilgacha Shotlandiya milliy partiyasi raisi va biznes yig'inlar tashkilotchisi sifatida xizmat qilgan.

2020-yil iyul oyida Oswald Westminsterda SNP rahbarining o'rinbosari bo'ldi, ammo 2022-yil dekabr oyida lavozimidan ketishini e'lon qildi. Oswald 2021-yil fevral oyidan beri xotin-qizlar va teng huquqlik uhun SNP vakili bo'lib kelgan[2].

Tarjimayi holi va ta'lim olishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oswald Dundee shahrida tug'ilgan, hamda, uning otasi Ed Oswald onasi esa Helen bo'lgan[3]. Onasi Helen Angus Kengashi ning rektori bo'lib xizmat qilgan. Oswald Carnoustie shahrida o'sib, shu yerdagi Carnoustie o'rta maktabida o'qigan. U 1995-yilda Glasgow universitetida tarixni o'rgandi, shuningdek, MA (Hons) sovrini bilan bitirgan[3].

Siyosiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oswald 2014-yilgi Shotlandiya mustaqilligi referendumida Shotlandiyaning Milliy partiyasida faol bo'lib, mahalliy Xotin-qizlar uchun mustaqillik guruhi qo'mitasida xizmat qildi. Oswald mahalliy oziq-ovqat banki yig'imlari uchun mas'ul edi[4].

2015-yil 30-yanvar kuni Oswald 2015-yilgi Sharqiy Renfrewshir umumiy saylov okrugida SNP nomzodi sifatida tanlanganligi ma'um qilindi[5]. Siyosiy harakatlari davomida Oswald konservativ saylovchilariga Labour partiyasini mag'lub qilish uchun ularning qo'llab-quvvatlashini so'rab murojaat qilgani uchun tanqid qilindi[6][7].

Oswald 3 ming 718 ta ovoz bilan lavozimga ega bo'ldi. Bu esa 18 yil oldin leyboristlar g'alabasidan keyin bu lavozimni egallab turgan Shotlandiya Leyboristlar partiyasi rahbari Jim Murhyni lavozimidan chetlashtirdi hamda Murphy 2015-yil 13-iyun kuni Shotlandiya mehnat partiyasi rahbariyatidan iste’foga chiqdi[8] [9].

2017-yilgi umumiy saylov da Oswald lavozimini 4,712 ta ovoz to'plagan Pol Masterton ga boy berdi[10].

2018-yilda Oswald Shotlandiya hukumati ning moliya vaziri Derek Makay ning o'rniga SNP raisi va biznes yig'inlar tashkilotchisi etib saylandi[11][12].

Oswald 2019-yilgi umumiy saylov da Sharqiy Renfrewshir lavozimi uchun SNP tomonidan tanlandi[13],shu bilan birga u 5,426 ta ya'ni 9,8% ovoz bilan qayta saylandi[14].

2020-yil 7-iyul kuni Oswald Kirsty Blackman ning lavozimini egallab, Commons palatasida SNP rahbarining o'rinbosari bo'lib faoliyat yuritdi[15].

2021-yilning may oyida Oswald o'zining partiya g'aznachisi sifatida unga taqdim etiladigan yordam va moliyaviy ma'lumotlar borasida hamkasbi Douglas Chapman bilan kelishmayotganini aytdi. Shotlandiya politsiyasi tomonidan tekshirilayotgan mustaqillik kengashining 600 ming funt sterlinglik "yo'qolgan" mablag'lari bo'yicha tergov boshlanganidan keyin Chapman lavozimidan voz kechgan edi[16].

Oswald bir necha bor Xitoy tomonidan qilingan kuchli bosimlar haqida Jamoatlar palatasida gapirgan. 2021-yil sentabrida uyg‘ur yetakchilari uni o‘z ishlarida muvofaqiyyatli bajargan ishlari uchun taqdirlashdi va Oswald Jahon uyg‘ur kongressi uni qo‘llab-quvvatlagani uchun ochiqchasiga minnatdorchilik bildirdi[17].

2022-yil iyun oyida Oswaldning hamkori Patrik Grady Westminsterdagi SNP a'zolari orasidagi yosh xodimaga tegajonlik qilgani aniqlandi va Commons palatasidan chetlatilgan. Gradyning jabrdiydasi shikoyat qilganidan keyin qilgan "bezorilik" ishdan chetlatilishidan ham yomonroq ekanligini aytdi va hamkasblariga elektron pochta orqali Grady partiyaning bunday shikoyatlarni ko'rib chiqishda "yaxshi tomonga o'zgarishlar bo'lishiga ishonmasligini" aytdi[18]. Iyul oyida Oswald jabrlanuvchiga elektron pochta orqali "bu siz uchun qiyin vaqt ekanligini sezayotganini" aytdi[19][20].

2022-yil 2-dekabr kuni Ian Blackford SNP Westminster ning rahbari lavozimidan ketishini e'lon qilganidan bir kun o'tgach, Oswald o'zining Westminster rahbarining o'rinbosarligi lavozimidan ham ketishini eʼlon qildi. "Menga yangi rahbar va yangi o'rinbosar kelishi oqilona ko'rinadi", dedi u[21].

2023-yil yanvar oyida Oswald "O'z boshini o'chirib TERF" degan belgi oldida tabassum bilan suratga olinganidan hamda,Glasgowdagi namoyishda gilotin chizganidan so'ng ommaviy axborot vositalarining e'tiborini va tanqidlariga sabab bo'lgan bir qator Shotlandiya siyosatchilari orasida edi[22].

Oswald 2002-yilda Davinder Bedi bilan turmushga chiqdi; ularning ikkita o'g'li bor. Oila 2008-yilda Sharqiy Renfrewshir ga ko'chib o'tdi[23]. Bedi 2015-yilgi saylov kengashi davomida xotini uchun kengash tuzmadi va saylovdan keyin Shotlandiya ishchi kuchlariga qo'shildi[24].

Oswald 2002-yil may oyidan 2015-yil may oygacha Janubiy Lanarkshire kollejidagi Inson resurslari bo'limining boshlig'i bo'lgan[23][25].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Dale, Iain. The Honourable Ladies: Volume II: Profiles of Women MPs 1997–2019. Biteback Publishing, 14 November 2019. ISBN 9781785904479. 2020-yil 28-noyabrda qaraldi. 
  2. SNP. „The real opposition: meet your new SNP Westminster Frontbench“ (en-US). Scottish National Party (2022-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 11-dekabr.
  3. 3,0 3,1 „Oswald, Kirsten Frances, (born 21 Dec. 1972), MP (SNP) East Renfrewshire, since 2015“, Who's Who (inglizcha), Oxford University Press, 2015-12-01, doi:10.1093/ww/9780199540884.013.u283887, ISBN 978-0-19-954088-4, qaraldi: 2021-07-11
  4. Addley, Esther; Topping, Alexandra; Siddique, Haroon; Khomami, Nadia. „General election 2015: the winners and losers“. The Guardian (2015-yil 8-may). Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  5. „Kirsten Oswald to stand for Scottish National Party“. Barrhead News (2015-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  6. Sanderson, Daniel. „SNP candidate sparks row after asking Tories to help her claim Jim Murphy's scalp“. The Herald (2015-yil 5-may). Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  7. „SNP candidate asks Tory voters to help beat Labour“. The Scotsman (2015-yil 4-may). Qaraldi: 2015-yil 8-may.
  8. „List of Members returned to Parliament at the General Election 2015 Scotland“. The Edinburgh Gazette (2015-yil 15-may). Qaraldi: 2015-yil 3-iyun.
  9. Garavelli, Dani. „How election was won north & south of the border“. The Scotsman (2015-yil 10-may). Qaraldi: 2015-yil 10-may.
  10. Kelly, Ricky. „Paul Masterton elected as East Renfrewshire MP“. Renfrewshire24 (2017-yil 9-iyun). Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  11. Beaton, Ailean. „Kirsten Oswald elected SNP deputy leader at Westminster“. Holyrood.com. Dods Group PLC (2020-yil 7-iyul). Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.
  12. Sim, Philip. „Derek Mackay: Who is Scotland's former finance secretary?“. BBC News. BBC (2020-yil 16-fevral). Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.
  13. „SNP Fundraising page“, SNP Website, 9 November 2019, 23 January 2021da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 9 November 2019
  14. „Renfrewshire East parliamentary constituency - Election 2019“.
  15. „Kirsten Oswald is new SNP Westminster deputy leader“. BBC News (2020-yil 8-iyul).
  16. Johnson, Simon. „Police investigate SNP over 'missing' independence campaign funds“ (en-GB). The Daily Telegraph (2021-yil 13-iyul). Qaraldi: 2021-yil 26-sentyabr.
  17. Paterson, Kirsteen. „World Uyghur Congress praises SNP MP Kirsten Oswald for raising genocide“ (en). The National (2021-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 26-sentyabr.
  18. „Patrick Grady's Victim Says 'bullying' within SNP Was Worse Than MP's Harassment“. Public News Time (2022-yil 15-iyun).
  19. Learmonth, Andrew. „SNP threaten Patrick Grady sexual harassment victim with disciplinary action“. The Herald (2022-yil 7-iyul).
  20. Hutcheon, Paul. „SNP victim of MP Patrick Grady threatened with disciplinary action“. Daily Record (2022-yil 7-iyul).
  21. Harrison, Jody. „SNP MP Kirsten Oswald to step down the party's deputy Westminster leader“ (en). The Herald (2022-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.
  22. Sanderson, Daniel. „'Decapitate Terfs' signs at pro-trans rally attended by SNP politicians“. The Telegraph (2023-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 14-dekabr.
  23. 23,0 23,1 Burns, Janice. „Meet Your New Scottish MPs: #4 Kirsten Oswald, East Renfrewshire“. The National (2015-yil 15-may). Qaraldi: 2015-yil 26-oktyabr.
  24. Swindon, Peter. „Husband of SNP MP who unseated Jim Murphy joins Labour Party“ (en). Glasgow Times (2015-yil 15-may). Qaraldi: 2021-yil 26-sentyabr.
  25. Young, Gregor. „Kirsten Oswald dragged into South Lanarkshire College 'scandal'“. The National (2022-yil 3-iyun). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.