Kinotexnika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kinotexnika — kinofilmlarni suratga olish, nusxalarini koʻchirish (koʻpaytirish) va namoyish qilish bilan shugʻullanadigan texnika sohasi. Astasekin, bosqichma-bosqich paydo boʻlgan, shakllangan va taraqqiy etib borgan. K.ning paydo boʻlishi, shakllanishi va taraqqiy etish jarayonlari yorugʻlik texnikasi, mexaniqa, optika, fotogʻrafiya, elektronika, kompyuter texnologiyasi va boshqa soha yutuqlaridan ke-ng foydalanishni taqozo etgan. K.ning asosiy texnikaviy vositalari: kinoga olish apparati, nusxa koʻchirish apparati, kino qoʻyish apparati, kompyuter.

Fotografiyaning kashf qilinishi (19-asr oʻrtalari) ixtirochilarda fototasvirlarni harakatlantirib namoyish qilish gʻoyasini tugʻdirdi. Lekin boʻnga qadar (17-asrda) nemis olimi A. Kirxer "sirli chiroq"ni yaratdi. U yorugʻlik manbai (sham), shaffof shishaga chizilgan surat, shu suratni kattalashtiruvchi moslama (hozirgi obyektiv) va ekrandan iborat edi. Shamdan toʻshayotgan yorugʻlik shaffof shisha orqali oʻtib, undagi suratni ekranga tushirar edi. Keyinchalik (1882-yil) belgiyalik fizik J. Plato fenakistiskop deb ataladigan asbob yasadi. U tasvir (boltakash) chizilgan disk, shu diski i aylantiruvchi tasmali oʻzatma va koʻzgudan iborat edi. Disk aylantirilganda tomoshabin diskdagi tirqishlardan qarab, roʻparadagi koʻzguda goʻyo harakatlanayotgandek tuyulgan tasvirni (boltakashning harakatlarini) koʻrgan. Tasvirlarni suratga olish va keyin ularni ekranga tushirish uchun yorugʻliksezgir material talab qilinar edi. Koʻp izlanishlardan keyin shunday modda topildi. 19-asr birinchi yarmida fransuzlar L. J. Doger va J. Nyeps yorugʻlik taʼsirida rangini oʻzgartiruvchi modda kashf qildilar. Shu modda plyonka yoki shisha sirtiga surkalardi. Hozir bu moddaning tarkibi takomillashtirilgan. 19-asr oxirlarida "Lyumyer" (Fransiya) va "Istmen Kodak" (AQSH) firmalari kinolentalar ishlab chikara boshladi. Fransuz astronomi P. Jansen 1874-yil, fransuz fiziologi Marey 1888-yil, ingliz ixtirochilari F. Grin va J. Evans 1889-yil kinoga olish apparatini, fransuz ixtirochisi Lui Lyumyer esa 1894-yil kinoga olish va namoyish qilish apparatini yaratdilar. Lui Lyumyer 1895-yil 22-mart kuni Parijda "Ishchilarning fabrikadan chiqishi" deb ataladigan hujjatli filmni namoyish qildi. Ana shu kun kinematografiya tugʻilgan kun hisoblanadi. Fransiyada Sh. Pate va L. Gomon 1897-yilda bir nechta takomillashtirilgan kinoga olish va namoyish qilish apparatlarini sanoat miqyosida ishlab chiqara boshladilar. Ular dastlabki kinodan nusxa koʻchirish apparatlarini ham ishlab chiqardilar. Boʻlarning hammasi ovozsiz kino uchun moʻljallangan edi.

20-asr boshlarida K. ancha suyet rivojlandi. Lekin kino sanʼati taraqqiy etishi bilan K. sifatiga talab kuchaydi. Natijada kinoapparatlarning yangi xillari yaratildi. Fransuz firmasi "A. Debri" 1908-yil ichki kassetali kinoga olish apparati ishlab chiqara boshladi. 20-asr 10-yillari oxiriga kelib ovozsiz K. taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. Shu davrda avtomatik mexanizmli, mikroskopik va tezkor kinoga olish apparatlari, jarroxlik operatsiyalarini kinoga olish apparatlari, dastaki avtomatik apparatlar va boshqa yaratildi. 20-asr 30-yillarida koʻchma va muqim (statsionar) kinoproyektorlar bar-po qilindi, kinolentalar, kinoga olish va kino qoʻyish apparatlari, kinodan nusxa koʻchirish apparatlari, kinolentalarni ochiltirish, kinosuratga olish maydonlarini yoritish va kinolentalarni montaj qilish apparatlari koʻplab ishlab chiqarila boshladi.

Kinematograf mahkam oyoqqa turib, ovozsiz kino ishlab chiqarish sanoati muayyan darajada mustahkamlanib olganidan soʻng birin-ketin ovozli kino, rangli, stereoskopik, keng formatli, panoram va keng ekranli kino, doiraviy panoram va keng ekranli kino paydo boʻldi. Kinoning bu turlari uchun yangiyangi apparatlar, asboblar, materiallar, kinolentalar va usullar ishlab chiqildi, eskilari yangilariga almashtirib borildi. Ovozli kino AQSH, sobiq Ittifoq va Gʻarbiy Yevropaning barcha mamlakatlarida deyarli bir vaqtda paydo boʻldi. 20-asr 50-yillaridan boshlab ovoz magnit lentasida yozila boshladi. Koʻp qatlamli kinolentada uch rangli tasvir hosil qilish usuli topilganidan soʻng rangli kinofilmga asos solindi. Rangli kinofilmlarni kinoga olish va kino qoʻyish tizimi ayniqsa AQSH, sobiq Ittifoq, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiyada rivojlandi. Yuqorida aytib oʻtilgan tizimlar, asosan, 70 mm, 35 mm va 16 mm li kinolentalarga moʻljallangan. 20-asr 60-yillaridan boshlab havaskorlik va oʻquv maqsadlari uchun 8 mm li kinolentalar ishlab chiqarila boshladi. K. muntazam ravishda takomillashtirilib borildi, yaʼni tasvir va ovoz sifati yaxshilandi, kino sanʼatining taʼsirchanligi oshdi, yorugʻliksezgirroq kinolentalar yaratildi, optik usulda nusxa koʻchirish usuli bilan filmlarni bir formatdan boshqa formatga koʻchirish jihozlari va texnologik jarayonlari mukammallashtirildi; kinoga olishda va, ayniqsa, videofilmlarni suratga olishda kompyuter texnologiyalari keng ishlatila boshladi. K. jarayonlaridan televideniyeda ham foydalaniladi (qarang Kino sanʼati, Kinotelevizion texnika).

Hozirgi kunda AQSH, Angliya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Rossiya va, ayniqsa, Yaponiyada K. keng rivojlangan boʻlib, yangi takomillashgan markali apparatlar ishlab chiqariladi.

Oʻzbekiston Respublikasining kino tarmogʻini "Oʻzbekkino" DAK, "Oʻzbekfilm" kinostudiyasi, kinoxronika, kinofikatsiya sohalari tashkil qiladi. Boʻlar respublikaning 14 hududida kinoprokat tashkilotlari, taʼmirlash-ishlab chiqarish korxonalari, videomarkazlari orqali faoliyat koʻrsatmokda.

20-asr 90-yillari oxirlarida kino va videofilmlarni suratga olish va namoyish qilish apparatlari ishlab chiqarish borasida haqiqiy inqilob yuz berdi. Yaponiyaning "Panasonic" ("Panasonik") firmasidan kinovideapparatlar (mas, videomagnitofon AG-6100 va kinolentali videoproyektor RT-102) sotib olindi. Bunday inqilob natijasida yuqori sifatli tovush joʻrligida rangli yozib olish va katta kinoteatrlar ekranlarida namoyish qilishga imkon tugʻildi. Oddiy kinoproyektor (kinoga olish apparati) va kinoplyonkaga raqobatchi — multimedia videoproyektor paydo boʻldi. Kinotasvirlar tushirilgan disklardan foydalanilganda olti kanalli raqamli tovush tizimi "Dolbi Digital"dan yoki ikki kanalli tovush tizimi "Dolbi Pro"dan foydalaniladi. Raqamli proyektor istalgan tipdagi kompyuter bilan ishlashi mumkin, shu bilan birga, yuqori sifatli kompyuter tasvirlari katta kinoekranlarga tushirilishi mumkin. Hatto proyeksiyalash (kino qoʻyish) xonasining oʻziga efir, kabel va yoʻldosh telesignallarini qabul qiladigan televizion priyomniklarni ham joylashtirish mumkin, bu esa katta ekranga istalgan televizion tasvirni tushirishga imkon beradi.

Soʻnggi paytlarda (2000-yillarda) 3 trubkali (kineskopli) proyektorlar oʻrniga suyuq kristalli (LCD) va mikrokoʻzguli (DLP) hamda matritsali (DMD) proyektorlar paydo boʻldi. Ularni boshqarish va ishlatish juda qulay, yuqori tasvir va tovush sifati taʼminlanadi.

Kino ishlab chiqarishning yangi standarti umuman K., xususan, kinoga olish, kino qoʻyish va kinotelevizion texnika sohalarini keskin rivojlantiradi. Hozir kinoplyonkadan foydalanayotgan kinotashkilotlar endilikda elektron filmlarni aloqa kanali orqali oladigan boʻlishdi. Elektron filmlar ishlab chiqarish video, kino va kompyuter texnikasining qoʻshilib ketishi yoʻnalishida rivojlanadi.

Hozir quyidagi yoʻnalishlarda ishlar olib borilmokda:— filmlarni radiokanallar orqali oʻzatish;— yozib olish vaqti 270 min.ga yetadigan videokamera ("Panasonic");- diskli kinokamera DV-DISK (AQSH);— jurnalistlar uchun moʻljallangan ixcham videokamera ("SONY");— quvvati 700 ANSI lyumen (massasi 1,3 kg) boʻlgan ixcham mikroproyektorlardan tortib quvvati 4700 ANSI lyumen (massasi 2,5 kg) boʻlgan quvvatli proyektorlar ("SONY" firmasi) ishlab chiqarilmoqda;— yangi raqamli videokameralar televideniyeda yangi standartlarni belgilamokda. TFR tipidagi matritsadan foydalanib satr yoyishning yangi texnologiyasi kinotasvirdan qolishmaydigan videotasvir hosil qilishga imkon beradi ("Filife" firmasi).

Ergash Komilov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil