Kindiktepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kindiktepaoʻrta asr qishloq harobasi (milodiy 612-asrlar). Qashqadaryo viloyatidagi Yakkabog tumanida joylashgan. Dastlab G. Ya. Dresvyanskaya, soʻngra S. B. Lunina (1980-yildan) qazishma ishlari olib borgan. K.ning jan. qismida maydoni 35x20 m keladigan baland tepalik bor. K. aholisi qad. Bolxonariqdan suv ichgan. K.ning mudofaa devori boʻlmagan. Qazishma ishlari markaziy tepalik 6—8asrlarda mahalliy zodagonning uy-qasri boʻlganligi va uning atrofida qishloq vujudga kelganligini koʻrsatdi. 9-asrda uy-qasr tashlandiq holga kelgan va markaziy tepalikda hayot qayta jonlanmagan. 10—12-asrlarda K. yirik qishloqqa aylangan, u mana shu davrdagi bir qancha qishloqlarni (Poxoltepa, Katta Javogʻatepa, Kichik Javogʻa, Boʻstontepa va boshqalar) oʻz taʼsir doirasiga kiritgan kichik rustoqning markazi boʻlganligi taxmin qilinadi. K.dan tarvuz urugʻi topilganligi aholining polizchilik bilan ham shugʻullanganligini koʻrsatadi. Turar joy binolari qoldiklgari, koʻplab sopol idish parchalari va boshqa chiqqan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil